Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
She'rlar [17]
Yulduzlar Biografiyasi [46]
Fudbool Yangiliklari [504]
Ok.Ru Sirlari [49]
Jinsiy Saboq [122]
Qo'shiq Matni [58]
Foydali Maslahatlar [39]
Hayotiy Xikoyalar [1]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 7
Гостей: 7
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Июнь » 09 » Buni Hayot Deydilar
13:30
Buni Hayot Deydilar
Poyezdga yetolmagach yigit yugurishdan töxtadi. "Jin ursin ösha svetaforni,- hayolidan ötkazardi u,- ertaroq harakatlanish kerak edi. Qayerdanam ösha betayinning mashinasiga ötirdim!" U asabi tarang holda ortga ögirildi. Shu vaqtda xuddi özi kabi poyezd ortidan afsuslanish bilan qarab qolgan qizga közi tushdi. Qizning uzun sochlarini shamol öynab, xafaqon yuzlariga tushirarkan, yigit undan közlarini uzolmay qoldi. Haqiqatda, qarshisida judayam sohibjamol 21-22 yoshlar atrofidagi qiz turardi. Qiz ham yurishdan töxtadi. Uning shaxlo közlari anchagina olislab ketgan poyezdga termulgan köyi yig'lab yuborishga tayyor turardi. Yigitga qizning bu holati judayam g'alati, özgacha jozibali tuyulardi. Ayni damda yigit poezdni unutib ham yuborgandi. "Yaxshiyam shu svetafor bor ekan", - tabassum qildi u. Qiz ham taqdirga tan berdi shekilli, yigit tomonga qaradi. - Salom, -dedi yigit. - ... - Poezdda ketadigan odam bunday ertaroq harakat qilishi kerakda. - Sizga öxshabmi,- kuldi qiz. - Yöq, men poezddan sizni körib tushib qoldim. Qiz javob bermay vokzal ichi tomon yöl oldi. Yigit unga yetib oldi va gapirishda davom etdi: - Bu shaharda hamma shoshadi, xatto poezdlar ham. - Sizchi? - Menmi? Shoshib qayerga ham borardim.Taqdirimda nima yozilgan bölsa shu.Kechirasiz, siz taqdirga ishonasizmi? - Yöq. - Bekor qilasiz. Qiz kassaga borib keyingi poezd qachon bölishini söradi. 8 soatdan keyin degan javobni eshitgach, juda xafa böldi. Yigitni esa ushbu javob mutlaqo xursand qilib yuborgandi. Chunki bu gözal qiz tobora uni maftun qilib borardi. - Afsus,- dedi qiz. Yigit bölsa, kassadagi qizga minnatdorchilik bildirdi: - Rahmat sizga, iloji bölsa yana qöshimcha 8 soat ushlab turinglar ösha poyezdni. Qiz yigitni kuzatib turarkan, uning özini tutishidan hayron qolardi. Qiz odamlar gavjum bölgan kutish zalidagi örindiqlardan biriga borib ötirdi. Biroz ötgach yigit ham uning yoniga kelib ötirdi. - Mening ismim ... , bu shaharda mehmonman. Sizchi? - Men ham mehmonman,- javob berdi qiz. - Ismingizni aytmaysizmi? - Zarurati yöq, ishonavering. - Albatta... Ishonish yarim g'alaba degani. Qiz qöng'iroq qilish uchun chetroqqa chiqdi. Qayergadir qöng'iroq qildi. Yigit uni diqqat bilan kuzatardi... Qiz qaytib kelgach yigit undan söradi: - Uzr, ruchka topiladimi? Qiz sumkasidan ruchka olib yigitga uzatdi. Yigit dabdurustdan ruchka bilan qöliga nimanidir yozdi-yu qizga ruchkasini qaytarib berdi. Bir oz ötgach qiz örnidan qözg'aldi. Yigit: - Sizni uyda kutishyapti, shunaqami? - Ha. - Avtobusda 6 soatlik yöl. Umuman olganda keyingi poyezdni kutishning foydasi ham yöq.Maylimi, sizga hamrohlik qilsam? Faqat yöq demang. - Nega endi yöq demasligim kerak? - Chunki, meni taqdirimga siz bilan bitta avtobusda birga ketish yozilgan bölishi kerak. - Aytdimku, men taqdirga ishon... Qiz oxirigacha gapirolmadi. Aniqrog'i yigit kaftlariga haliroq qizning ruchkasi bilan yozgan yozuvni unga körsatgach hayratdan gapirishdan ham töxtab qoldi. Yigitning qöliga bejirimgina harflarda qizning ismi yozilgandi. Qiz örnidan qözg'alib, allaqachon chiqish eshigi tomon yönalgan yigitdan söradi: - Qayerdan topdingiz? Yigit qizga ögirilib qaradi, qölini avval köksiga, keyin peshonasiga olib bordi-yu kulib javob berdi: - Buni taqdir deydilar... * * * Qiz va yigit shaharlararo qatnovchi avtobusga chiqishdi. Biroz jim ötirishgach yigit kamzulining kissasidan judayam ixcham, lekin öta chiroyli kichik gul g'uncha olib qizga tutdi: - Tug'ilgan kuniz bilan! Qiz közlarini katta-katta ochib yigitga qarardi. Haqiqatda bugun uning tug'ilgan kuni, shu sabab uyiga shoshilayotgandi. Yonida ötirgan öta qobiliyatli quvnoq "folbin" esa uni hayron qoldirishda davom etmoqda edi. - Q...Qayerdan bildiz? - Buni jon deb aytardim-u zaruriyati yo'q, ishonavering, - kuldi yigit. - Jiddiy so'radim. - Bu muhim emas, muhimi sizni birinchi bölib men tabrikladim. - Haya, rahmat,- qiz jilmaydi. Biroz surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan kelishgan yigit qizni tabassum qilishga majburlay olardi. Avtobus yölga chiqdi.
Категория: Hayotiy Xikoyalar | Просмотров: 628 | Добавил: Admin | Рейтинг: 1.5/2
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Июнь 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz