Er-xotinlikni uzviy bog'lovchi qovushish, ya`ni jinsiyyaqinlikda qanday tibbiy hikmatlar mavjud? G'arb olimlarining tadqiqotlariga ko'ra, erkaklarning uzoq umr kechirishi jinsiyhayotdan oladigan lazzatlanish miqdori bilan uzviy bog'liq emish.. Mutaxassislar buning sababini inzol paytida qonga lazzat gormonlari – endorfinlarning ko'proq miqdorda tushishi bilan bog'laydilar. Boshqa jismoniyfaol harakatlar kabi me`yoriy jinsiymunosabat ham ziqlikni bartaraf etib, asab-ruhiy tizim va boshqa a`zolar faoliyatiga ijobiy ta`sir etadi. Albatta, ushbu o'rinda erkak kishining o'z xasmi haloli-rafiqasi bilan bo'lgan munosabati nazarda tutilmoqda. Zino esa, aksincha erlik kushandasi ekanligi shubhasiz. Agar er-xotin o'rtasidagi jinsiymunosabat ikkovlarini ham to'laqonli qanoatlantiradigan darajada bir maromda, rejali tarzda muttasil amalga oshirilsa, uning quyidagi shifobaxsh jihatlaridan bahramand bo'lish mumkin: Birinchidan, jinsiymunosabat faol jismoniyharakat bo'lganligi bois, kishi bir marotabalik intim yaqinlik davomida sportchining yarim soat shug'ullanganiga teng miqdordagi energiyani yo'qotadi. Bu esa, tanadagi ortiqcha yukni bartaraf etib, asr tahdidi bo'lgan semizlikning oldini oladi. Ikkinchidan, yaqinlik paytidagi tananing faol harakatlari son, dumba, bel va tos mushaklari faoliyatini keskin kuchaytirib, undagi qon aylanishi, modda almashinuvi kabi ko'plab jarayonlarga ijobiy ta`sir etadi. Uchinchidan, jinsiyyaqinlik uchun zaruriy biofaol testosteron moddasining ishlab chiqilishining kuchayishi bois, inson suyak- mushak tizimi mustahkamlanadi. To'rtinchidan, boshqa jismoniyfaollik talab etuvchi sport turlari kabi jinsiymunosabat ham qondagi immunoglobulin moddasi miqdorining ko'payishiga sabab bo'lar ekan. Shu tufayli ham bu toifa kishilarda turli yallig'lanish kasalliklari kamroq uchrashi kuzatilar ekan. Beshinchidan, muntazam jinsiy munosabatni tark etmaslik ichki jinsiy a`zolar-prostata bezi, urug' pufakchalari, moyaklar kabilarda dimlanish holatining ro'y bermasligini ta`minlaydi. Natijada, orxit, prostatit, epididimit, vezikulit kabi noxush xastaliklarning oldi olinib, kelajakda jinsiyzaiflik kabi noxush dardlarga yo'l ochilmaydi. Oltinchidan, to'laqonli jinsiymunosabat peshob qopchasi jom mushaklari mustahkamligini ta`minlaydi. Bu esa, qovuq bo'shligi kabi noxush holatlarning oldini oladi. Yettinchidan, rejali, maromida olib borilgan jinsiymunosabat (agar o'ta zo'riqishga yo'l qo'yilmasa) yurak-qon tomir tizimiga sezilarli ijobiy ta`sir etadi. Sakkizinchidan, boshqa jismoniy harakatlar kabi jinsiyyaiinlik ham tanadagi quvvatning yo'qotilishiga olib keladi. Bu hol esa, ishtahaning kuchayib, oshqozon – ichak tizimidagi hazm jarayonlarining ham me`yorlashuviga olib kelishi bilan benazirdir. To'qqizinchidan, muntazam tarzda, rejali jinsiyhayot kechiruvchilarda barvaqt qartayish- klimaks holatining yengil o'tishi kuzatiladi. Goho esa, erkaklarda bu noxush davrning mutloq ro'y bermasligi aynan jinsiyfaoliyatning maromida olib boriliship
bilan bog'liqligi aniqlangan. O'ninchidan, me`yoriy jinsiy munosabatda yashovchi er- xotinlarda o'sma (saraton) kasalliklarining keskin kam uchrashi ko'plab ilmiy manbalarda keltirilgan. Yuqoridagilarni keltirishdan maqsad jinsiymunosabatga harismandlikni aslo rag'batlantirish emas. Chunki, har bir insonga faqat o'ziga xos bo'lgan me`yor va imkon ato etilgan. Zero, jinsiyaloqaga behad ruju qo'yishning salbiy jihatlari haqida keyingi maqolalarda to'xtalish niyatidamiz. Misol uchun, ayrim g'arb olimlari ayoliga xiyonat qilishga odatlangan erkaklarning aksariyati go'yoki kuchli jinsiyquvvatga ega bo'lishlarini e`tirof etishadi. Zero, aynan o'sha zinokor toifalarda infarkt va insultdan vafot etish xavfi boshqalarga nisbatan 3-3,5 marotaba yuqoriligi allaqachon o'z ilmiy isbotini topgan.