Главная » 2015»Июнь»11 » Telefonning quvvati tugab qolgandaasqotadigan 5 maslahat
06:32
Telefonning quvvati tugab qolgandaasqotadigan 5 maslahat
Ko‘pchilik telefonning quvvati
tugab borayotgan, smartfon
atigi 10 foiz quvvat qolganini
ko‘rsatgan vaziyatga tushgan.
Bu vaqtda yoningizda
zaryadlash qurilmasi bo‘lmasa, buning ustiga
shahar markazida bo‘lsangiz va hech kimdan
uni olib turolmasangiz nima qilish kerak?
"Rossiyskaya gazeta” bu borada asqotaddigan
beshta maslahatni taqdim etdi.
Agar biror savdo markazida yoki unga yaqin
joyda bo‘lsangiz, zaryadlash qurilmasi
o‘rnatilgan maxsus shkaflari bo‘lgan
do‘konlarni izlang – odatda yirik tarmoqlarning
do‘konlarida bunday shkaflar bo‘ladi.
Telefoningiz quvvat olguncha, do‘kon aylanib
turishingiz mumkin.
Istalgan mobil aloqa saloniga kirib, telefonni
quvvatlantirishni so‘rashingiz mumkin. Biror
operatorning saloniga murojaat qilish maqulroq
– bunday xizmat rad qilinishi ehtimoli juda
kam. Shuningdek, elektronika do‘konlaridan
ham bui so‘rashingiz mumkin.
Telefonni zaryadlash uchun maxsus terminallar
ham mavjud. Afsuski, ular unchalik ko‘p emas,
odatda yirik savdo markazlarida, kafelarda,
aeroport va vokzallarning kutish zallarida
bo‘ladi. Terminallarda barcha smartfonlarga
tushadigan qurilmalarni toppish mumkin, narxi
ham qimmat emas.
Smartfonlar oddiy telefonlardan ko‘ra tezroq
quvvat yo‘qotishi bilan tanilgan. Agar
zaryadlash uchun vaqtingiz kam bo‘lsa,
smartfonda uchish rejimini yoqing – shunda u
tezroq quvvat oladi. Shuningdek, zarydalash
vaqtida telefonni o‘chirib qo‘ysangiz ham
bo‘ladi, shunda qurilma energiya sarflamaydi
va tezroq quvvat oladi.
Aviarejimni yoqish yoki qurilmani o‘chirish
imkoni bo‘lmasa, ya’ni biror muhim
qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yuborishni istamasangiz,
ishlatmayotgan funksiyalaringizni, masalan,
GPS, Bluetooth, internet kabilarni o‘chirib
qo‘ying. Shuningdek, ekran yorqinligini
kamaytirish ham foyda beradi.