Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
She'rlar [17]
Yulduzlar Biografiyasi [46]
Fudbool Yangiliklari [504]
Ok.Ru Sirlari [49]
Jinsiy Saboq [122]
Qo'shiq Matni [58]
Foydali Maslahatlar [39]
Hayotiy Xikoyalar [1]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 10
Гостей: 10
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Июнь » 25 » Усмир кизлар ва аёллардаги касалликлар.
20:46
Усмир кизлар ва аёллардаги касалликлар.
Qiz bolalar jinsiy a'zolarining yallig'lanish kasalliklari. Qiz bolalarda jinsiy a’zolarning, xususan tashqi jinsiy a'zolar va qinni yallig'lanish kasalligi ayollarga nisbatan ko'proq uchraydi. Bu asosan, jinsiy a'zolarining anatomik va fiziologik xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Qiz bola qancha yosh bo'lsa jinsiy a'zolari shuncha nozik bo'ladi, o'smirlik davriga kelib esa qiz bolaning jinsiy a'zolari ancha yetilgan bo'lib, kasallikka qarshi kurashish quvvati ancha oshadi. Yallig'lanish jarayonida birinchi o'rinda infeksiya, keyin termik, kimyoviy va toksik omillar turadi.

Agar organizm sog'lom bo'lsa, birga tashqi ta'sirlarga hardosh bera oladi. Mabodo organizmda qarshilik kuchi kam bo'lsa, unda arzimagan tashqi ta'sir ham patologik holatga olib keladi. Qiz bolalar jinsiy a'zolarida bo'ladigan yallig'lanish 2 turda bo'ladi: 1. Spetsifik yallig'lanish. 2. Spetsifik bo'lmagan yallig'lanish. Spetsifik yallig'lanishga: a) suzak, b) zaxm, v)sil, g)trixomonoz, e) enterobiozgijja kasalligi. Spetsifik bo'lmagan yallig'lanishga strentokok, stafilokok, ichak tayoqchasi kabi mikroblar ta'siridagi yallig'lanishlar kiradi. Spetsifik bo'lmagan yallig'lanish jarayorilarining sabablari:
1. Termik sabablar-issiq vanna, qinni issiq suv bilan chayish, grelka bilan kuydirish.
2. Mexanik omillar — turli jarohatlar, yot jismlar, lozimlardagi qo'pol choklar va hakozo.
3. Kimyoviy omillar — katta konseritratsiyali moddalar bilan qinni chayish.
4. Jinsiy a'zolarni toza tutmaslik. Davosi — gigienaga rioya qilish, kiyimlarni qaynatish, dazmollash, ovqat ratsionini tartibga solish-achchiq, sho'r, yog'li ovqatlarni yemaslik kabilar. Qinni ingichka kateter yordamida rivanol, furatsilin, peryokis vodorod 3% bilan yuviladi. Ularni 38°c-40°c suvga aralashtirib vanna qilish ham mumkin. Bundan tashqari, 3% li ichimlik sodasi aralashmasi, shalfey qaynatmasida chayish mumkin, so’ngra quritilib antibiotikli shamchalar qo'yiladi, masalan: penisillin va neomiysin yoki polimiksin va furazolidon kabilar.

Suzak kasalligi va uning qiz bolalarda kechish xususiyatlari. Suzak yuqumli kasallik bo'lib, uni suzak mikrobi gonokok qo'zg'atadi. U asosan bachadon bo’yni, bachadon naychalari, to'g'ri ichak, siydik chiqarish yo'li, ko'z, qovuq va boshqa a'zolarda joylashib, ularni kasallarntirishi mumkin. Kasallikning yashirin davri 2-3 kun, infeksiya qinga tushishi bilan tezlik bilan yuqonga ko'tarilib, ichki jinsiy a'zo va sistemalarga tarqaladi, undan ajralgan zahar esa butun organizmga tarqaladi. Jinsiy yo'l bilan kasallanish qizlarda 10-15% bo'lib, pubertat yoshi va balog'atga yetish davrida suzak mikrobi, onasi, opalari yoki qarindosh-urug'laridan, agar ularni yotish joylari bir bo'lsa, vanna va boshqa narsalardan birga foydalanilsa o'tishi mumkin.

Qiz bolalarda suzak o'tkir tusda yoki surunkali kechishi mumkin. Surunkali kechganda kasallik 2 oygacha cho'zilishi mumkin, kasallik belgilari sust, vaqti- vaqti bilan qaytalarilib turadi. Kasallikning kechishi: tashqi jinsiy a'zolari shishadi, qizaradi, siydik chiqaruv yo'li ham qizaradi. Ajralib chiqqan yiringning qotib qolishi natijasida jinsiy lablar bir- biriga yopishib qoladi, bu esa chotning bichilishiga, og'riqqa sabab bo'ladi. Qindan chiqindi, yiring ko'p ajraladi. Tana harorati ko'tariladi, bu davr 2-4 hafta davom etadi, so’ngra shish va yi­ring kamayadi, lekin kasallikni qo'zg'atuvchi mikrob hali halok bo'lmagan bo'ladi.

Trixomoniaz — u venerik kasallik bo'lib, faqat jinsiy muloqot orqali yuqadi, kamdan- kam hollarda oilada shu kasallikka chalingan bemor bo'lsa, onalar gigienik qoidalarga amal qilmasalar qiz bola trixomoniaz kasali bilan og'rishi mumkin. Klinik belgilari kasallikning o'tkir kechishi davrida qindan ko'p yiring ajraladi, bu yiring suyuq, suvsimon va ko'pikli bo'ladi. Chiqindining ko'p ajralishi sababli, qinda, qinga kirish joyida, tashqi jinsiy a'zolar sohasida bichilish, qichishi

va achishish bemorni bezovta qiladi. Ko'p hollarda siydik yo'llari va to'g'ri ichakni ham zararlaydi, bemor tez-tez siyadi, axlat qilganida og'riq sezadi. Tashxis qo'yishda laboratoriya analizi yaxshi yordam beradi. Davosi uchun ko'proq trixopol buyuriladi. 5 yoshgacha-025 gr, 5-10 yoshgacha 05 gr, 10-15 yoshgacha 075, 8-10 kun davomida, bundan tashqari uning yarim dozasi kukun holida tashqi jinsiy a'zolar va qin sohasiga sepiladi.

Oqarish. Bu kasallik qinga zamburug'lar kirishi natijasida kelib chiqadi. Belgisi kuchli qichishish va achishish, jinsiy a'zolar qaralganda turli hajmdagi oq qarashlar ko'rmadi. Davosi — organizm quvvatini oshimvchi davo va qinga 20 % borni glitserinli eritmasi quyiladi. Enterobioz. Bu kasallik qinga gijjalar tushishi natijasida kelib chiqadi, u oq ipsimon qurt bo'lib, uzunligi 4-6 mm, u to'g'ri ichak va yo'g'on ichakda yashaydi. Gijjalar orqa chiqarish teshigiga o'rnashib olib, tuxum qo'yib ko'payadi, u qinga hatto, siydik qopiga ham o'tishi mumkin. Kasallikning asosiy belgisi tashqi chiqarish teshigi, qinga kirish sohasida qichishish, siyishda og'riq seziladi. Davosi — avvalo gigiena qoidalariga rioya qilish, jinsiy a'zolarni oldidan orqasiga qarab yuvish, kiyimlarni toza tutish, gijjalarni yo'qotishga qaratilgan tadbirlar.

Manba: XITMP3.COM
Категория: Jinsiy Saboq | Просмотров: 6179 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Июнь 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz