Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
She'rlar [17]
Yulduzlar Biografiyasi [46]
Fudbool Yangiliklari [504]
Ok.Ru Sirlari [49]
Jinsiy Saboq [122]
Qo'shiq Matni [58]
Foydali Maslahatlar [39]
Hayotiy Xikoyalar [1]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 8
Гостей: 8
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Май » 05 » Farzand ko'rishni istayotgan juftliklar qiladigan asosiy 10 xato haqida?
13:34
Farzand ko'rishni istayotgan juftliklar qiladigan asosiy 10 xato haqida?
Farzand ko'rishni istayotgan er-xotin, quyidagi ko'pchilik qiladigan xatolardan xabardor bo'lishi yaxshi bo'lar edi. 1. Jinsiy aloqani muntazam ravishda qilmaslik. Jinsiy aloqani faqat ovulyasiya kunlari qilish homilador bo'lish imkoniyatini oshiradi yoki uzoq vaqt jinsiyaloqada bo'lmay turib aloqa qilganda spermatozoidlar kuchi oshadi degan xato fikrlar ba'zi juftliklkarni yo'ldan uradi. Aslida jinsiy aloqa muntazam ravishda juftliklarni xohish va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirishi lozim. 2. Tez- tez jinsiyaloqada bo'lish. Albatta muntazam ravishda bo'ladigan jinsiy aloqa homiladorlik yuz berishi uchun yaxshi yo'l. Lekin muntazamlik bilan ko'plik har xil narsa. Juda ko'p, masalan, kuniga bir necha marta aloqada bo'lish spermatozoidlarning urug'lantirish kuchini yo'qqa chiqarishi mumkin. 3. Aloqani bir holatdagina amalga oshirish. Ayol va erkaklarning jinsiya'zolari shakli va razmeri har xil bo'lgani tufayli, biron ayolga homilador bo'lish uchun bir holat to'g'ri kelsa, ikkinchi ayolga bu holat homilador bo'lishga hatto to'sqinlik qilishi ham mumkin. Shuning uchun aloqani har xil holatlarda amalga oshirgan ma'qul. 4. Bepushtlikni sababini ayoldan izlash. Ko'pincha oilalarda uzoq vaqt farzand bo'lmagan davrda ayollar davolanishni boshlaydiar. Lekin statistikaga qaraganda bepushtlikni sababchilaridan 40% erkak kasalliklariga to'g'ri kelar ekan. Shuning uchun davolanishni ko'zda tutgan juftliklar uni birgalikda boshlashlari maqsadga muvofiq bo'ladi. 5. Ovulyasiya haqida bexabar bo'lish. Ovulyasiya davri - homilador bo'lish uchun eng kerakli davr hisoblanadi. Aynan o'sha davrda bo'lgan jinsiyaloqa natijasi homiladorlikka olib keladi. Ba'zida ayollar ovulyasiya davrini hayz ko'rgan kunidan 14 kunni sanab belgilaydilar. Lekin bu hato. Hayz sikli turlicha bo'lgani kabi ovulyasiya davri ham hammada har xil keladi. Shuning uchun uni aniq bilish talab etiladi (Ovulyasiyani bilish yo'li). 6. Jinsiy aloqani aynan ovulyasiya kuni qilish. Ovulyasiya kunini aniq bilgan taqdirda ham, aloqani undan oldin va bir-ikki kun o'tgach qayta qilish tavsiya etiladi. Chunki urug'lanishga tayyor bo'lgan ayol tuxum xujayrasi 24 soat davomida urug'lanishga moyil bo'ladi. 7. Kimyoviy kontratsepsiya vositalardan foydalanish. Ba'zi lyubrikantlar uzoq vaqt mobaynida spermatozoidlarni nobud qilish xususiyatiga ega bo'ladi. 8. Shifokorga shoshilish. Ayol turmushga chiqib 3-4 oy o'tgach shifokor qabuliga shoshiladi. Tezroq davolanib tezroq farzandli bo'lishni istaydi. Lekin normada kamida 1 yil birga yashab muntazam ravishda jinsiyaloqada bo'lgan er-xotinda ham homiladorlik yuz bermasligi mumkin. Shoshib shifokorga borib kerakmas, ba'zida zararli muolajalarni qabul qilish noto'g'ri hisoblanadi. Yaxshisi, 1 yil kutib keyin biron chora ko'rish kerak. 9. Umumiy salomatlikka ahamiyat bermaslik. Farzand ko'ra olmayotgan juftliklar asosan o'z reproduktiv salomatlliklariga ahamiyat beradilar. Lekin erkak va ayolning umumiy salomatligi ham farzand ko'rishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, o'gir vazn, stress, chekish, ba'zi dori-vositalarni qabul qilish kabi holatlar ham homiladorlik yuz berishiga to'sqinlik qilishi mumkin. 10. Faqat homiladorlik haqida o'ylash. Shunday juftliklar borki, ular uchun jinsiyaloqa homilador bo'lish uchun navbatdagi imkoniyatdek qabul qilinadi. Aloqalar soni, holatlar, ovulyatsiya davri, hayz sikli kabi mavzular er-xotin uchun asosiy suhbat mavzusiga aylanadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki , ayolning psixologik holati ham homilador bo'lish uchun juda muhim jihatdir . Er- xotin o'zini biron yoqimli faoliyat bilan band qilib, homiladorlik haqida o'ylamay, hayz kunlarini sanamay yashashni o'rganishlari kerak.
Категория: Jinsiy Saboq | Просмотров: 1137 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Май 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz