Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
She'rlar [17]
Yulduzlar Biografiyasi [46]
Fudbool Yangiliklari [504]
Ok.Ru Sirlari [49]
Jinsiy Saboq [122]
Qo'shiq Matni [58]
Foydali Maslahatlar [39]
Hayotiy Xikoyalar [1]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 13
Гостей: 13
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Май » 08 » Kelinga maslahatlar
20:22
Kelinga maslahatlar
«Ona qizim! Allohga beadad shukr, bo‘y yetib, erta-indin bir xonadonning sutokli kelini bo‘lasiz. Yangi hayotingiz haqida ko‘p eshitganingiz, ko‘p o‘qiganingiz bordir. Men bu xususda ozgina qo‘shimcha qilmoqchiman. Toki, duch kelgan kishilardan turli gap-larni eshitib, gangib, kalovlanib yurmang. Ayol zoti bu dunyoga xudoning inoyati bilan avlodlar zanjiri-ni ulagani, farzandlarini iymonli qilib tarbiyalagani, bir xonadonni va uning kishilarini yashnatgani kelishiga, ming shukr, idrokingiz yetib turibdi. O‘sha siz keyin joningizni ham berishga tayyor bo‘ladigan farzandlar eru xotin muhabbatidan, nozik munosabatidan dunyoga kelishini ham bilasiz. Shunday ekan, jinsiy munosabat asl muhabbat cho‘qqisi ekanligini unutmang va qovushish uchun faqt kuyov mas’ul deb o‘ylamang. Bu kecha haqida har kimlar turli vahimali so‘zlarni aytishadi. Go‘yo qizlik pardasi olinishida dahshatli og‘riq bo‘larmish. To‘g‘ri, qizlikdan juvonlikka o‘tishda bir oz og‘riq bo‘lishi mumkin. Agar gavdani bo‘sh tutmasangiz, noto‘g‘ri xatti-harakatlar bilan kuyovga qattiq qarshilik kilsangiz, qin muskullari qisqarishi qiyin-lashadi, ana shunda og‘riq bo‘ladi. Ona qizim, qarshingizda turgan odam begona emas, bir umrlik yo‘ldoshingiz, ishonsangiz, suyan- sangiz arziydigan odam ekanini, ota-onangiz sizni unga ishonib topshirganini eslab o‘zingizni to‘g‘ri tutsangiz, bu nozik muno­ sabat sizga lazzat olib keladi. Keyingi uchrashuvlarni hayajon bilan kutadigan bo‘lasiz. Aksincha, xudoning taqdiriga-yu, kuyovning talabiga haddan ortiq qarshilik qilish bilan o‘zingizga ko‘p tashvish orttiri- shingiz mumkin. Avvalo kuyovda allaqanday shubhalar paydo bo‘la-di, ishtiyoqi so‘nadi. Xudo asrasin-u, bu hol uni bora-bora ruhiy jinsiy zaiflikka olib kelishi mumkinligini ham unutmang. Erlar maqsadga erishmasa, juda qattiqiztirob chekadilar. Kuyov-ning iztirobi — sizning iztirobingiz, ona qizim! Unga dalda be-ring, ancha idrokli qizsiz, ruhini ko‘tarib, ko‘maklashing. Birinchi aloqadan keyin islomiy g‘usl qoidalarini, albatta, bajaring, ya’ni sizning tilingiz bilan aytganda, gigiyena muo- lajalariga rioya eting. Birinchi aloqadan keyin sizga 3—4 kun tanaffus kerakligini eringizga muloyimlik bilan tushunti-ring. U ham siz boshdan kechirayotgan kechinmalarni kechiradi, qolaversa, uning bir umrlik yo‘ldoshi ekanligingizni biladi, sizni tushunadi...» Ishoning, ona og‘zidan mehr va ishonch hamda samimiyat bilan aytilgan o‘gitlarni qizlar jon qulog‘ila eshitibgina qolmay, qalbining eng chuqur yeriga joylaydi ham. Nozik narsalarni qizlar ham, kuyovlar ham eng yaqinlaridan eshitganlari yaxshi. Zero onadan yaqin odam bormi qiz uchun! Kuyovingizga quyidagi nasihatni otasi aytgandir deb umid qilamiz.
Категория: Jinsiy Saboq | Просмотров: 641 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Май 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz