Kelinlik odobi haqida alohida bo‘limda so‘z
yuritayotganimiz bejiz emas. Dunyoda hech
bir xalqda oilada kelin mavqeiga sharq
xalqlari, xususan o‘zbeklarchalik katta o‘rin
berilmaydi. Kelin tushirilayotgan xonadonda
katta tayyorgarlik ko‘riladi. Yosh oilaga yangi
uy solinadi yoki shu xonadondagi eng yaxshi
xonalar ta’mirlanib yangi holatga keltiriladi.
Kelinga sarpolar, sovg‘alar tayyorlanadi. Eng
muhimi xonadonning kattasidan kichigigacha
oilaning yangi a’zosi — kelin bilan
uchrashuvga, u bilan birga yashashga o‘zini
ruhan tayyorlaydi. Kishilar ruhida ko‘tarinkilik,
mehr-muhabbat, ezgulik, hayo qaror topadi.
«Ke-linning qadami qutlug kelsin!» deya duo
qilishadi keksalar. Hali kelin kelmasidanoq
xonadon go‘yo fayzli farishtali pardaga
o‘raladi. Qutlug‘ qadam! Qaynonalar bu
qutlug‘ qadamda bundan keyin aytar
so‘zlarini, ko‘rar ko‘zlarini, dillaridagi
armonlarini, yur-magan yo‘llarining ro‘yosini
ko‘rgandek bo‘lib entikadilar. Singil-lar bu
qutlug‘ qadam ila o‘zlariga ibrat
kelayotganidan sevinadilar. Birinchi qadam,
birinchi tilaklar, birinchi orzularning
samimiyligi, ezguligi kelinlarga dastlabki
mas’uliyatli davrda quvvat beradi, qadamlarini
qutlug‘ qiladi. O‘zbeklarga turmushga chiqqan
qiz borki u kelinlikning nozik davrini, albatta,
boshidan kechiradi. Hatto ona va onasi
bo‘lmagan, hech kimi yo‘q yigitga turmushga
chiqqan qiz ham mahallaga, bo‘lmaganda
kuyovning ishxonasidagilarga, do‘stlariga —
kelin! Necha-necha asrlardan beri oila bor.
Lekin kelinlikning muayyan bir nomasi yo‘q.
Har bir kelin o‘z peshonasiga bitilgan baxtni
o‘zi mahkam ushlab qolishi kerak. Bunda
momolar, onalar, yangalar o‘giti asqotadi.