Rivoyat qiladilarki, qadim-qadimda
Yunoniston tomonda ni-kohlanib, to‘yi o‘tgan
yoshlarga echkilar va asalarilar berishar
ekanda, ularni toqqa ko‘chirib yuborishar
ekan. Balki to‘ydan keyingi muddatning «asal
oyi» deb atalishi shundan kelib chiq-qandir.
Har qalay, kelin-kuyov tog‘ bag‘rida, kishini
sarxush qiladigan toza havoda, tabiat
qo‘ynida echkining suti-yu, asaldan iste’mol
qilib yashasharkan. Rivoyat qilishlaricha,
yunonlar o‘z millatining farzandlari baquvvat
va barno bo‘lishligi tadori-gini ular
tug‘ilmasdan ancha ilgari ko‘risharkan. Balki
donish-mand yunonlar buni yana ikki
yoshning olam bilan yuzma-yuz xoli qolib,
bir-biri bilan topishuvi, bir-biri bilan tom
ma’noda qovushuvi uchun shunday
qilishgandir.
Har qalay, zamonaviy ruhiyatshunoslar ham
er-xotinning tom va ko‘chma ma’noda
qovushuvi paytida eng yaxshi xayollar bilan
band bo‘lmoqlik lozimligini ta’kidlashadi.
Oilaning mustahkam bo‘lishi, er-xotinning
baxtiyor hayot ke-chirishlari va tinch-totuv
yashashlarida ularning o‘zaro qovushishi
muhim rol o‘ynaydi. Keling, o‘zaro
qovushishlarning ayrim ji-hatlarini ko‘rib
chiqaylik. Biologik qovushuv. Biologik
shoxobchaning ruhiy shoxobchaga nis-batan
birmuncha turg‘unligini, kam
o‘zgaruvchanligini hisobga olay-lik. YA’ni
shakllangan mijoz toifasini o‘zgartirib
bo‘lmasligini va unga intilishning
samarasizligini unutmaylik. Mijoz turi
jihatidan kelin-kuyovlar turlicha bo‘lishi,
ba’zan esa bir-biriga qarama-qarshi, zid
toifalarga mansub bo‘lishi ham mumkin. Bu
oila mustahkamligi uchun xavflimi? Yo‘q,
albatta. Dono xalqimiz aksari bunday
oilalardagi er-xotinlar bir-birlarida
yetishmaydigan ruhiy xususiyatlarni to‘ldirib
turishlarini aytadi. Bu haqda qisman yuqorida
suhbat yuritgandik.
Qayliklarning mijoz jihatdan turmush
qurishlari turli ko‘ri-nishlardan iborat bo‘lishi
mumkin. Masalan, xolerik kuyov — xolerik
kelin bilan, xolerik — sangvinik bilan, xolerik —
flegmatik bilan, xolerik — melanxolik bilan,
sangvinik — sangvinik bilan, flegmatik —
flegmatik bilan, flegmatik — melanxolik bilan,
melanxolik — melanxolik bilan va yana bosh
qa murakkab «kombinatsiya»lar bo‘lishi
mumkin. Qovushuvda eng muhimi mijoz turi
emas, balki ular orasidagi hissiyot (muhab-
bat) kuchi, ruhiy-pedagogik bilim saviyasi,
oilaviy hayotni mus-tahkamlashga intilishi,
tarbiya va madaniy saviya darajasi, o‘zaro
munosabatlaridagi madaniyat hisoblanadi.
Kelin-kuyovlarda bir-birlariga yaxshilik qilish,
bir-birini sevishga intilish (agar sovchilar
yordamida qurilgan oila bo‘lsa), uyim-joyim,
bolam-chaqam deb yashash ustun bo‘lsa,
mijozdagi tafovut oilaviy hayot uchun xavf
tug‘dirolmaydi.
Ruhiy qovushuv. Jamiyatshunos va
aholishunos olimlarning ta’kidlashlaricha,
aksariyat oilalarda er-xotinlarning ma’lu-mot
saviyasi bir xil bo‘larkan. Bu tushunarli,
chunki uylanish yoki erga tegishda birinchi
mezon — «teng-tengi bilan» ekanini yaxshi
bilamiz. O‘g‘il-qizi yetilgan ota-onalar ham,
oila quradi-ganlarning o‘zlari ham «o‘qiganga
o‘qiganni» olib berishni to‘g‘ri deb bilishadi.
Odatda ma’lumoti tenglar yaxshi hayot
kechirib ket-ganini ko‘rganda «teng-da —
qovushib ketdi!» deyishadi. Biroq ran faqat
ma’lumotning yuqori bo‘lganida emas.
Olimlarning qayd etishicha, aynan ma’lumoti
yuqori er-xotinlar o‘rtasida ajralish sababi
nisbatan ko‘p ekan. Ayniqsa, ayolning
ma’lumot darajasi erinikidan yuqori bo‘lsa,
oila mustahkamligi uchun xavf tug‘ildi
deyavering. Umuman, bilim saviyasi qanchalik
yuqori bo‘lsa, o‘z turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan
talab ham shunchalik oshib boradi. Bu —
tushunarli. Unda oliy ma’lumotli er-xotinlar
orasidagi ajralib ketishlarning ko‘pligiga
sabab nima? «Taxt ta-lashuv», birinchilikni
talashuv, ustunlik, hukmronlik hissi emasmi,
ishqilib? Olimlar ruhiy qovushuvda bilim,
ko‘nikma va malakaning muhim rol o‘ynashini
hisobga olib, ularni uchga bo‘lish mumkin,
deyishadi. a) Oilaviy hayotda muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan uy tutish, oila
budjetini taqsimlash, tejam