Keyingi vaqtlarda nikoh yoshining «yosharib»
ketayotgani haqida ko‘p gapirilyapti. Buning
psixofiziologik, iqtisodiy asorati og‘irroq
kechadi. Bolani tug‘ish, tarbiyalash uchun
juftlarning bir-birini yaxshi ko‘rishining o‘zi
kamlik qiladi. Bu ham juda muhim albatta.
Ammo muhabbatning yana bir uchinchi
shaxsni paydo qili-shi uchun, eru xotin shu
uchinchi shaxsga g‘amxo‘rlik qilishga tayyor
bo‘lishlari kerak. Demak, erkak ham, ayniqsa
ayol ham avvalo yetilgan, hayotda o‘z
o‘rnilarini belgilab olgan, qolaversa, eng
zaruriy moddiy zamin yaratilgan bo‘lishi
lozim. Qisqa qilib aytganda, bola — ixtiyoriy,
istalgan, kutilgan bo‘lishi kerak.
Qadimdan Sharqda qizlarni barvaqt erga
berishgani ma’lum. Hozir bunga
intilganlarning ko‘pchiligi «oldin shunday
qilish-gan edi-ku!» deyishdan nariga
o‘tishmaydi. Holbuki bu kam. Shuning
o‘zinigina bahona qiladiganlar davr
o‘zgarganini ham, qiz-lar va erkak bolalar
ruhiyati o‘zgarganini ham, shunga ko‘ra ular
yana ko‘p jihatlardan oila qurishga, bola
ko‘rishga tayyor emaslik-larini, buni buzish
bilan o‘zlariga ko‘p tashvishlar (ham fizio-
logik, ham huquqiy) orttirayotganlarini
bilmaydilar yoki bil-gilari kelmaydi.
Qiz bola tuxumdonida tuxum hujayralari
muntazam bir me’yorda yetila boshlagandan,
ya’ni hayz ko‘rgandan boshlab homi-lador
bo‘lishi mumkin. Ayollarda bola tug‘ishga
qodirlik davri o‘rtacha o‘ttiz yil (o‘n olti
yoshdan qirq olti yoshgacha) davom etadi.
Ayol organizmining yuqorida aytilgandek
«yetilgan» davri yigirma ikki — yigirma olti
yoshlarga to‘g‘ri keladi. Birinchi homiladorlik
shu davrga to‘g‘ri kelsa, ayol vrachlar
nazoratida bo‘lsa, homilasini ancha «yengil»
ko‘taradi. Tug‘uruq ham nisbatan oson
kechadi.
Vrachlar birinchi homila yigirma sakkiz
yoshdan keyin bo‘lgan hollarda homilani
ko‘tarish ham, tug‘ish ham nisbatan og‘irroq
bo‘lishi mumkinligini nazarga olib, bunday
ayollarni nazoratga oladilar. Lekin bu — faqat
birinchi homilaga tegishli. Birinchi bolasini 22
—26 yoshlarda tuqqan ayol, undan keyingi
bolalarini yigirma sakkizdan keyin ham
bexavotir ko‘tarishi va tug‘ishi mumkin.
Ayrim sabablarga ko‘ra, masalan ayol yoki eri
uzoq vaqt davo-langan bo‘lsa, muolajalar
ijobiy samara berib, yoshi o‘tib qol-ganda,
ya’ni 35—40 yoshda ham homilador bo‘lgan
va eson-omon yaxshi qutilib olgan hollar ham
uchraydi. Bunday hollarda vrachlar hozirgi
zamon tabobatida ayolga yordam berish
murakkab emasligi-ni aytadilar, uning
ortiqcha qo‘rqinch, tashvishlardan forig‘ bo‘li-
shiga yordam beradilar. Buni aytish bilan
yigirma sakkiz — o‘ttizdan oshgan juvonning
farzand ko‘rishida ortiqcha hayajonga urin
bo‘lmasligi kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz,
xolos. Aksincha, juda erta, jilla bo‘lmasa o‘n
to‘qqiz, yigirmaga kirmay turib bola
ko‘rishning asorati ancha sezilarli bo‘ladi.
Chunki yosh ayol hali jismonan ham, ruhan
ham, moddiy jihatdan ham ona bo‘lishga
tayyor bo‘lmaydi.
Ona bo‘lish yoshi bilan ona bo‘lguvchi
ayolning ruhiyati haqida bejiz
to‘xtalmayapmiz. Homiladorlik, ayol
organizmidagina emas, uning ruhiyatida ham
muayyan o‘zgarishlar yasashi shubhasiz.
Ko‘p narsa ayol psixikasining o‘ziga xosligiga
bog‘liq, albatta. O‘ta ta’sirchan, atrof muhitga
tez moslasha olmaydigan ayollarda
homiladorlik ma’lum asoratlar bilan utishi
mumkin. O‘zini bosib olgan, ruhiyati normal
ayollarda esa homiladorlik ham, tug‘ish ham
qariyib asoratsiz o‘tadi.
Albatta, ko‘p narsa ona bo‘lishga
tayyorlanayotgan ayol yashab gurgan sharoit,
ruhiy muhitga ham bog‘liq. O‘zi sog‘lom, eri
mehri-bon bo‘lgan ayol, boz ustiga bobo va
buvilar ham bo‘lajak nabirani intizorlik bilan
kutayotgan sharoitda hech qanday ruhiy toli-
qishlarsiz qutilib oladi.