Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
She'rlar [17]
Yulduzlar Biografiyasi [46]
Fudbool Yangiliklari [504]
Ok.Ru Sirlari [49]
Jinsiy Saboq [122]
Qo'shiq Matni [58]
Foydali Maslahatlar [39]
Hayotiy Xikoyalar [1]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 12
Гостей: 12
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Май » 11 » Qiz Bolaning Sha’ni
19:27
Qiz Bolaning Sha’ni
Eshitgandirsiz... Onalar o‘rtasida qizlar tarbiyasiga oid gap ketsa, ko‘pincha «Oq qanddek avaylab, gard yuqtirmay o‘stirdim», deyishadi. Oq qand... Darhaqiqat, juda nozik o‘xshatish. Nozikligi shundaki, oq qandga biror gard yuqsa, uni tozalash qiyin — gard tekkan joyini kesib yoki qirqib olib tashlash kerak. Ko‘pincha esa gard tekkan qand bo‘lagi mol oxuriga yoki parranda donlari orasiga tashlab yuboriladi. Qiz bolaning nomiga ilashgan yomon dog‘ — isnodning ketishi shuncha qiyin. Ba’zida ko‘rmayin bosilgan tikan jabrini bir umr tortib yurishga to‘g‘ri keladi. Ba’zan u kishini umrbod gumon, shubha, demakki, baxti bekamlik emas, baxti kemtiklik qiynog‘iga solib qo‘yadi. Hammasiga ko‘pincha o‘ylamay ish qilish, iroda jilovining bir-ikki daqiqaga bo‘sh qo‘yilishi sabab bo‘ladi. Qiz bolaning sha’ni... Bu haqda juda ko‘p va har so‘ziga alohida urg‘u, alohida salmoq berib gapiriladi. Insoniy fazilatlar, ma’naviy qadriyatlar haqida so‘z ketsa ayni shular kiz bolada eng oliy darajada bo‘lishi talab qilinadi. Axir u qiz bola-da! Millatning kurki, millatning kelajagi. Qiz bola shunchaki qiz bola bo‘lib qolishi mumkin emas. U juda nazokatli, iffatli, iboli, sabrbardoshli, oqila, mehribon... bo‘lishi kerak. Hatto qiz bolaga berilgan nisbat, o‘lchov, mezonlar ham o‘rtamiyona, yarim, nim-ta’rif, chala nisbat bo‘la olmaydi. Ular ustunning yo eng tepasi, yo eng pasti bo‘ladi. Ayb yoki gunoh ish qilib qo‘ygan boshqa hamma kishi kechirilishi mumkin. Faqat qiz bola^kechirilmaydi. Qiz bolaga kelganda hukm ham g‘oyat muxtasar: «O‘g‘il bola shu ishni qilganda — boshqa ran edi. Ammo u — qiz bolaya!» Tamom — vassalom! Qiz bolaning ismi, jismi, ma’naviyati, borlig‘i, xatti-harakatiga hamisha o‘lchov boshqacha bo‘lib kelgan! So‘ramishlar: Dunyoda o‘limdan yemoni nima? Qizingning noqobil bo‘lishi! Bu dahshatni boshidan kechirganlarning dilidanda, tilidanda bundan dahshatliroq nido chiqadi: — Qiz asragandan ko‘ra, tuz asrasam bo‘lmasmidi?! Dol bo‘lgan qadlar, egilgan boshlarga keladigan xulosa undan ham dahshatli: — Qiz keltirgan nomus — o‘limdan kuchli! Asrlar, zamonlar bu azaliy matallarning ma’nosini o‘chira olmaganidek, tig‘ini ham o‘tmaslashtira olmaydi. Uzbek xonadoni borki, agar unda qiz o‘sayotgan bo‘lsa, shu xonadon sohiblarining ko‘nglida g‘urur, surur, shuur va qiz sha’ni bilan bog‘liq or-nomus ham yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham xalqimiz qiz bolaning ma’naviy yetuk, komil inson bo‘lib o‘sishi uchun alohida ahamiyat beradi. Uni «oq qanddek o‘rab, avaylab, gard tekkizmaslikka» harakat qiladi.
Категория: Jinsiy Saboq | Просмотров: 967 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Май 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz