Ko’pchiligimiz
televizorlarsiz
hayotimizni tassavur
qila olmaymiz. Soatlab
televizor qarshisida
o’tirib, sevimli
kinolarimizni va dasturlarimizni
tomosha qilamiz. Lekin televizor
ko’rish qanchalik foydali va
qanchalik zarar ekanligi haqida
xech o’ylab ko’rganmisiz? Quyida
sizlar uchun bu haqida o’zimizning
xolisona fikrlar, siz ham
o’zingizniki bilan o’rtoqlashing.
Maslahatlar:
Televizor reklamalar bilan
insonni manqurt qilib
qo’yadi.Agarda siz reklama
faqatgina aqlsiz va omi insonlarga
ta’sir o’tkazadi holos, deb
o’ylasangiz, siz yanglishasiz.
Korporatsiyalar aynan ularning
mahsulotlarini reklama orqali
isete’molchiga sota olishlariga
ko’zlari yetmaganda edi, trillionlab
dollarlarini reklama yo’lida
sarflamagan bo’lar edilar.
Televizor munosabatlarni
buzadi.Televizor orqali
ko’rayotganlaringizni barchasi
haqiqat emasdir. Siz
qayg’urayotgan qahramonlarni
aslida, ofislarda o’tirib, senariylar
yozayotgan insonlar tomonidan
o’ylab topiladi. To’qima
qahramonlarni o’ylab o’tirgandan,
siz yaxshisi atrofingizni kim o’rab
turgani bilan qiziqing. Kuningizni
yaqin insonlaringiz bilan o’tkazing,
ularga e’tiboringizni ajrating. Hech
qachon unutmangki, siz ularga va
ular sizga muhtojdirlar.
Televizor psixik quvvatingizni
o’g’irlaydi. Toki televizoringiz yoqiq
ekan, sizning hayolingiz uning
changalida asirdadir. Bu shuni
bildiradiki, sizning psixologik
energiyangiz unga qaratilgan va
siz uni boshqara olmaysiz.
Televizor pul turadi. Siz
o’ylaysizki, Televizor sizga arzonga
tushmoqda. U holda bir hisoblab
ko’ring, elektr quvvatiga, DVD
qurulmalariga, kabel
televideniyalariga qancha pul
sarflamoqdasiz?
Televizor sizning ongingizga
ta’sir o’tkazadi. Televizor hayotni
soddalashtiradi. Agarda sizni
butun bir davlat yoki bir uyushgan
jinoyatchilar guruhi quvlab
kelishayotgan bo’lsalar ham, shu
voqea so’ngida sizni Bahtli Nihoya
kutib turibdi, deya ishontira oladi.
Bu sizni har tomonlama
fikrlashingizni sustlashtiradi. Sizga
haqiqiy hayotda uchraydigan
muammolar osonlikcha o’z
yechimini topa oladigan tuyuladi.
Siz har hil holatlardan qanday qilib
chiqib ketish yo’lini o’ylashga ham
dangasalik qilib qolasiz va standart
holatlarda ham yechim topa
olmaysiz.
Televizor sog’ligingizga ham
ta’sir ko’rsatadi. Uning qarshisida
zuoq o’tirish, nafaqat sizning ko’z
nuringizga ta’sir qiladi, balki
figurangiz buzilishiga ham sabab
bo’ladi. Divan, televizor va yegulik –
bu uchlik semirishga keng yo’l
ochuvchi holatdir.
Televizor ko’rish uchun qancha
vaqtingizni sarflaysiz? Unga
ketkazgan vaqtingizni boshqa
biror bir foydali narsaga
sarflasangizchi? Masalan, o’zingiz
yoqtirgan ishga, kitob o’qishga,
yoki d’ostlaringiz bilan
ko’rishishga. Dunyoda shunchalar
qiziq narsalar ko’pki, ular
millionlab tele dasturlar va
kinolardan qiziqdir.