*Tishingiz oppoq
yaltirab turishi uchun
limon po‘stlog‘i bilan
arting.
*Tish og‘rig‘ida
quritilgan
chinnigullarni chaynash, yaxshi
foyda beradi.
*Ko‘k yoki qora choy qurug‘ini
yostig‘ingiz jildiga solib uxlasangiz,
uyqungiz osuda bo‘ladi.
*Tez uxlash uchun uyqudan oldin
bir stakan sut yoki bir bo‘lak
pishloq iste’mol qiling.
*Tomoq qirilganda qirg‘ichdan
o‘tkazilgan lavlagi yordam beradi.
Unga 1 choy qoshiq sirka
qo‘shasiz va sharbatini siqib olasiz.
Shu sharbatga tomog‘ingizni tez-
tez chayib turing.
*Anorning quritilgan po‘stlog‘ini
qaynatib ichish ichketishda yaxshi
yordam beradi.
*Ichqotishda esa anorni po‘stlog‘i
bilan chaynab eyish lozim.
*Tomog‘ingiz og‘rib ovozingiz
chiqmay qolsa quyidagi retsept
yordam beradi: yarim stakan iliq
sutga bitta tuxum sarig‘i qo‘shasiz
va yaxshilab aralashtirgach ichasiz.
tsOshqozon bezovta qilganda 1 litr
suvga 1 choy qoshiq tuz qo‘shib
ichish lozim.
*1 stakan aroqqa 2 osh qoshiq
quritilgan mandarin po‘stlog‘i
qo‘shib bir hafta davomida tindirib
qo‘ysangiz, ishtahani bo‘g‘adigan
yaxshi vosita hisoblanadi.
Damlamani kuniga uch mahal
ovqatdan oldin 10-20 tomchidan
suvga aralashtirib ichasiz.