Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Статистика
Онлайн всего: 11 Гостей: 11 Пользователей: 0
|
 |
|
 | |  |
| Главная » 2015 » Апрель » 08
Islomobod oliy sudi Pokiston sobiq prezidenti Parvez Musharrafni hibsga olish haqida avvalroq berilgan orderni bekor qildi. Bu haqda Pokistonning Dawn gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Parvez Musharraf (Arxiv). Foto: thenewstrack.com
Sobiq prezidentga 27-aprel kuni bo‘ladigan sud majlisiga kelish shartligi haqida ko‘rsatma berilgan. Agar Musharraf ushbu buyruqqa bo‘ysunmasa, u holda order yana kuchga kiradi.
Musharrafni hibsga olish haqidagi qaror sobiq prezident diniy arbob Abdul Rashid G‘oziyning o‘limi yuzasidan ochilgan jinoyat ishining birorta sud majlisiga kelmaganidan so‘ng qabul qilingan edi.
Abdul Rashid G‘oziy 2007-yili maxsus kuchlar tomonidan Qizil masjidda ro‘y bergan isyonni bostirish vaqtida h
...
Читать дальше »
Просмотров:
489
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
08.04.2015
|
|
Skype’ning ishonuvchan foydalanuvchilaridan aldov yo‘li bilan pul oladigan tovlamachilar tarmog‘i Rossiya va MDHda o‘ndan ortiq ofis va bir necha yuzlab akkauntlarga ega. Bu haqda tashkilotning anonim a’zosi Rossiyadagi “Xabraxabr” hamjamiyati foydalanuvchisiga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TJournal.

Firibgarlar tarmog‘ining anonim xodimi so‘zlariga ko‘ra, ular ishlaydigan tashkilotning o‘zida Rossiyada yettita, MDH mamlakatlarida esa yana to‘rtta ofis bor. Ish smena bo‘yicha olib boriladi, uning jamoasi yetti kishidan iborat, katta ehtimol bilan, ikkinchi smenada ham shuncha kishi ishlaydi.
Loyiha ishtirokchilarining o‘zi buzilgan Skype akkauntlari va pul o‘tkazilishi so‘raladigan elektron xamyonlarning raqamlari qa
...
Читать дальше »
Просмотров:
817
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
08.04.2015
|
|
Yaqindan Samsung kompaniyasi O‘zbekiston telekanallarida Galaxy A smartfonlari seriyasiga bag‘ishlangan qiziq bir reklama roligini namoyish eta boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Unda Janubiy Koreya kompaniyasi o‘zining azaliy raqibi — Apple’ni masxara qildi.

Skrinshot: “Daryo”
Rolikda Samsung Galaxy A mahsulotlari seriyasi afzalliklarini sanab o‘tadi va biryo‘la ularni “olmali” mahsulotlar bilan taqqoslaydi.
Gap shundaki, reklama roligida olma mevasidan faol ravishda foydalanilgan. Bunga lavhani ko‘rib, o‘zingiz ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Просмотров:
486
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
08.04.2015
|
|
Osiyo Chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” va “Al Sadd” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi. O‘yinni nihoyatda yuqori kayfiyatda boshlagan “temiryo‘lchilar” yakunda shunga yarasha yirik hisobda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.

7-daqiqadayoq Marat Bikmayev tezkor gol kiritib, hisobni ochdi. Goldan ruhlangan Abramov shogirdlari yana oldinga tashlanishdi. Oradan yetti daqiqa o‘tar-o‘tmas Bikmayev dubl qayd etdi. Shundan keyin ham har ikki jamoada gol kiritish imkoniyatlari yuzaga kelgan bo‘lsa ham, birinchi bo‘limda darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.
Ikkinchi bo‘limda tinib-tinchiman Sanjar Shoahmedov gol kiritib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 79-daqiqada
...
Читать дальше »
Просмотров:
451
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
08.04.2015
|
|
Kaliforniya suv havzalarining sohilga yaqin hududlarida yosh dengiz arslonlarining ommaviy halokati davom etmoqda. Los Angeles Times gazetasi xabariga ko‘ra, shu yilning birinchi uch oyi davomida 2 mingdan ziyod kasal jonivorlar shtat sohillariga chiqib qolgan, deya xabar bermoqda “TASS”.

“Bular asosan dengiz arslonlarining 7 oylik bolalaridir. Ular ozuqa yetishmasligi va yuqumli kasalliklar oqibatida kuchsizlanib qolmoqda”, – deya takidlanadi Los Angeles Times gazetasida. Faollar kuchsiz jonivorlarni maxsus reabilitatsiya markaziga eltmoqda.
Olimlar haligacha bir necha yil ilgari dengiz arslonlari orasida tarqalgan epidemiya sababini tushuntirib bera olmayapti. “Ko‘pgina mutaxassislar fikriga ko‘ra, jonivorlar Tinch oke
...
Читать дальше »
Просмотров:
471
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
08.04.2015
|
|
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda axborot texnologiyalari bozorining o‘sib borishi kuzatilmoqda. Dasturlar ishlab chiquvchi va ularni biznesning turli sohalariga joriy qiluvchi ko‘plab mahalliy kompaniyalar paydo bo‘lmoqda. Yosh, biroq bozorda o‘zini ko‘rsatishga ulgurgan kompaniyalar orasida Greenwhite Solutions ham bor. Kompaniya ishining asosiy yo‘nalishi biznesni avtomatlashtirish uchun dasturlar ishlab chiqish hisoblanadi.

Dastlabki mahsulot distribyutor−kompaniyalarning savdo vakillari ishini avtomatlashtirish uchun 2012-yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, Smartup FMCG nomini olgan. Smartup nomi inglizcha Smart (aqlli) va Startup (yangi loyiha) so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Bunday yechimlarning asosiy g‘oyasi
...
Читать дальше »
Просмотров:
745
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
08.04.2015
|
| |
| |
 | |  |
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|