Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Статистика
Онлайн всего: 12 Гостей: 12 Пользователей: 0
|
 |
|
 | |  |
| Главная » 2015 » Апрель » 10
Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtati fuqarosi ilonga uylanmoqchi bo‘ldi, deya xabar bermoqda The Daily Mirror. 27 yoshli Sandip Patel kobra avvalgi hayotida go‘zal qiz bo‘lgan va endi uni sevib qolgan deb ishongan.

Foto: mirror.co.uk
Mahalliy ibodatxonalardan birida tashkil qilingan nikoh marosimiga 12 mingdan ziyod kishi tashrif buyurdi. Biroq to‘y politsiya xodimlari tomonidan buzildi.
Ibodatxonaga yetib kelgan politsiyachilar jamoatchilik tartibini buzganlikda ayblab, Patel va uning otasini hibsga oldi. Ta’kidlanishicha, mehmonlar ularning qo‘lga olinganidan norozi bo‘lgan va huquq-tartibot xodimlari ularni uylariga quvib yuborish uchun qo‘shimcha kuch chaqirishga majbur bo‘lgan.
Patel so‘zlariga ko‘ra, u kech
...
Читать дальше »
Просмотров:
518
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
10.04.2015
|
|
AQSh yaqin vaqtlar ichida Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga o‘zining eng zamonaviy qurol-yarog‘ tizimlarini joylashtirmoqchi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter juma kuni janubiy koreyalik hamkasbi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalari bo‘yicha aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: EPA
“Bizning eng yangi namunalarimiz — eng yaxshilari, jumladan yangi stealth texnologiyasiga ega bombardimonchilar va yangi sinfdagi jangovar kemalar yaqin orada dunyoning ushbu qismiga joylashtiriladi”, — dedi Pentagon rahbari.
Muzokaralar chog‘ida mudofaa vazirlari ikki tomonlama ittifoqning joriy kuchini yuqori baholadi hamda kibermakon va koinotdagi xavfsizlik kabi yangi sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Просмотров:
612
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
10.04.2015
|
|
Eronning Qeshm Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus A300 yo‘lovchi samolyoti dvigateli Istanbuldagi Otaturk nomli xalqaro aeroportda portlab ketdi, deya xabar bermoqda Meduza. Samolyotning o‘ng dvigatelida u parvozga shaylanayotganida o‘t chiqdi.

Foto: Meduza
Portlash natijasida samolyot shassisiga zarar yetdi, dvigatelning o‘zi esa yonib ketdi. Uchuvchi laynerni o‘z vaqtida to‘xtatishga ulgurdi. Bortdagilarning hech biriga shikast yetmadi.
Просмотров:
516
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
10.04.2015
|
|
Madridning “Real” klubi afsonaviy o‘yinchilari Zayniddin Zidan va Ronaldo tomonidan tashkillashtirilayotgan “Qashshoqlikka qarshi match”ga chiptalar sotila boshladi, deb yozadi “TASS”.

Foto: EPA
“Joffrua Gishar” arenasiga “Sent-Etyen” futbolchilari va faxriylari Zidan va Ronaldoning do‘stlari jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Ushbu jamoadan Fabyen Bartez, Erik Abidal, Kafu, Klarens Zeedorf va boshqa yulduzlar o‘rin oladi.
O‘yindan tushgan mablag‘ G‘arbiy Afrikaning Ebola virusi epidemiyasidan zarar ko‘rgan mamlakatlariga ko‘mak berish uchun sarflanadi.
Match butun dunyo bo‘ylab translyatsiya qilinadi. Uchrashuv FIFA va UEFA hamkorligida tashkillashtirildi.
Просмотров:
488
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
10.04.2015
|
|
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan tezkor majlis o‘tkazmoqda, deya xabar berdi “Korrespondent.net”.

Foto: AP
Unda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti masalalari, shuningdek Ukraina va Yamandagi vaziyat muhokama qilinmoqda.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘zlariga ko‘ra, tezkor majlis ishtirokchilari Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 70 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqmoqda.
Nashrning eslatishicha, avvalroq 25 ta davlat yetakchilari Moskvada 9-may kungi G‘alaba paradida ishtirok etishini tasdiqlagan edi.
Просмотров:
437
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
10.04.2015
|
|
Ucell kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlar va boshqa vositalar yordamida o‘z mijozlarini Toshkentdagi JobFair-2015 ko‘rgazmasiga taklif etar ekan, ularga “o‘lmadingizmi?” deb savol berdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.
Kompaniyaning Facebook’dagi sahifasidagi e’longa ilova qilingan fotosuratda o‘zbek lotin yozuvida shunday matn keltirilgan: “Siz hali martaba yuksaklikka yetib o‘lmadingizmi? Bizga qo‘shiling”.
Matndagi birinchi gapda “yuksak martaba” jumlasi xato yozilgan, ayni vaqtda, katta ehtimol bilan, “olmadingizmi” so‘zi “o‘lmadingizmi” deb xato berilgan.

Foto: Facebook / Kabir Yusupov
Xuddi shunday xato bilan yozilgan reklama materiallari JobFair-2015 ko‘rgazmasi tashrifchilariga ham tarqatilgani aytilmoqda.
“Men h
...
Читать дальше »
Просмотров:
510
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
10.04.2015
|
| |
| |
 | |  |
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|