Главная » 2015»Апрель»10 » Putin Xavfsizlik kengashini yig‘di: Ukraina va Yaman muhokama qilinmoqda
18:06
Putin Xavfsizlik kengashini yig‘di: Ukraina va Yaman muhokama qilinmoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan tezkor majlis o‘tkazmoqda, deya xabar berdi “Korrespondent.net”.
Foto: AP
Unda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti masalalari, shuningdek Ukraina va Yamandagi vaziyat muhokama qilinmoqda.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘zlariga ko‘ra, tezkor majlis ishtirokchilari Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 70 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqmoqda.
Nashrning eslatishicha, avvalroq 25 ta davlat yetakchilari Moskvada 9-may kungi G‘alaba paradida ishtirok etishini tasdiqlagan edi.