Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Статистика
Онлайн всего: 9 Гостей: 9 Пользователей: 0
|
 |
|
 | |  |
| Главная » 2015 » Апрель » 13
 Лондоннинг "Челси" клуби ҳужумчиси Дидье Дрогба ҳали-бери футболчилик фаолиятини якунламаслиги ҳақида гапириб ўтди.
Бу ҳақида Англия матбуоти хабар бермоқда.
37 ёшли ивуарлик футболчининг "кўклар" билан амалдаги шартномаси шу йилнинг ёз ойида ниҳоясига етади.
"Ҳа, мен келажагим борасида ўйлаяпман. Аммо, бу мавсум мен учун охиргиси эмас", - дейди Дрогба.
Просмотров:
455
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
13.04.2015
|
|
O‘zbekiston Respublikasi bojxonachilari tomonidan tamaki mahsulotlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi.

Foto: customs.uz
Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Tojikiston Respublikasiga chegaradosh hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aylanma yo‘llarda “izg‘ib” yurgan Lacetti, Nexia va Jigulidan iborat avtomashinalar karvoni to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada mazkur avtomashinalarning saloni va yukxonalariga ortilgan 6 ta polietelin qoplarda xorijda ishlab chiqarilgan va aksiz markalari bo‘lmagan Esse Special Gold nomli 9000 quti filtrli sigaret borligi aniqlandi.
Surishtiruvlar chog‘ida ma’lum bo‘lishicha, 6 nafar O‘z
...
Читать дальше »
Просмотров:
424
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
13.04.2015
|
|
Moskvadagi Chistoprudniy xiyobonida “Mosgostrans” tomonidan Rossiya poytaxtida tramvay harakati boshlanishining 116 yilligiga bag‘ishlab parad o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “TJournal.ru”.

Foto: tjournal.ru / Instagram
Paradda turli davrlarga xos 17 ta vagon qatnashdi. Ularning orasida otli tramvaydan tortib eng zamonaviy vagonlargacha bor. Salonlarda tarixiy liboslardagi animatorlar xizmat qilgan. “Tjournal.ru” Instagram’dan parad fotoreportajini taqdim etdi.
Просмотров:
477
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
13.04.2015
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hafta o‘rtalarida O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Foto: newpix.ru
Jumaldan, 14-aprel kuni respublikaning barcha mintaqalaridagi ayrim hududlarda, 15-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari barcha hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysida, shuningdek Respublikaning tog‘li hududlarida 16-aprel kuni ham yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Harorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 13−14-aprelda kechasi 7−12° iliq, kunduzi 15−20° iliq, kunduzi 15-aprelda 13−18° iliq, 16−18-aprelda 18−23° iliq, Buxor
...
Читать дальше »
Просмотров:
442
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
13.04.2015
|
|
Hind okeanidagi Reunyon oroli yaqinida 13 yoshli fransiyalik syorfingchi Elio Kanestri akulaga yem bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Daily Mirror.

Foto: Mirror
O‘smir akulalar hujumi xavfi yuqori bo‘lganligi tufayli foydalanish uchun yopiq bo‘lgan hududda mashq qilayotgan bo‘lgan. Akula hujum qilgan vaqtda bola qirg‘oqdan 15 metrcha uzoqlikda bo‘lgan.
Nahang dastlab syorfingchining qo‘llari, oyoqlari va qornining bir qismini yulib olgan, keyin esa butun tanasini ummon qa’riga tortib ketgan.
Fransiya syorfing federatsiyasi halok bo‘lgan Kanestrining oilasiga o‘z hamdardligini izhor qilgan.
Просмотров:
473
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
13.04.2015
|
|
Video joylash va ulashishga mo‘ljallangan dunyodagi eng yirik internet servisi − YouTube o‘zbek tilida ishga tushirildi. Bu haqda Facebook’dagi “Professional va havaskor tarjimonlar” guruhi a’zolari xabar bergan.

Skrinshot: YouTube
Qayd etilishicha, videoxostingning o‘zbek tilidagi versiyasida birmuncha kamchiliklar mavjud. Ular vaqt o‘tishi bilan tuzatilishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google’ning onlayn tarjima xizmati − Google Translate’ga o‘zbek tili qo‘shilgani xabar berilgan edi.
Просмотров:
438
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
13.04.2015
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015-yil 14-apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Foto: ibtimes.com
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftagidan 5,71 so‘mga oshib, 2501,87 so‘mni, 1 yevro o‘tgan haftagidan 32,99 so‘mga oshib, 2739,95 so‘mni, 1 Rossiya rubli o‘tgan haftagidan 5,01 so‘mga oshib, 48,99 so‘mni tashkil etadi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Просмотров:
443
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
13.04.2015
|
|
O‘zbekistonda Xitoyning Meizu kompaniyasining bugungi kundagi eng kuchli smartfoni MX4 Pro sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Yangi qurilma MX4’dan texnik jihatlari bilan farqlanadi, shuningdek hajmi bo‘yicha kattaroqdir.

Foto: mobinfo.uz
Meizu MX4 Pro 5,5 dyuymli va 2560×1536 pikselli displey, sakkiz yadroli Samsung Exynos 5430 protsessori, 3 Gb tezkor va 16/32/64 Gb ichki xotira, 20,7 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 3350 mA/s sig‘imli akkumulyatorga ega.
Qurilma Android 4.4 KitKat operatsion tizimi asosidagi Flyme 4.1 firma proshivkasida ishlaydi.
Poytaxtning “Fleshka” savdo majmuasida Meizu MX4 Pro (16 Gb) 1,8 million so‘mdan sotilmoqda. Telefonga USB-kabel va zaryadlovchi qurilma qo‘shib beriladi.
Просмотров:
476
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
13.04.2015
|
|
Afsonaviy Yuriy Nikulin sirki”ning Toshkent shahriga gastrol safari bekor qilindi, deya xabar bermoqda UzDaily Rossiya sirki rasmiy saytiga tayanib.

Foto: UzDaily
“Afsuski,‘Afsonaviy Yuriy Nikulin sirki’ning Toshkent shahrida 2015-yil 18-apreldan 24-maygacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan gastrolini bekor qilishga majbur bo‘ldik”, — deyiladi sirk xabarida.
“Sirkimiz gastroli tashkilotchi MChJ Art Modern Music aybi bilan amalga oshmaydi. Uzr so‘rab qolamiz”, — deya ta’kidlanadi xabarda.
Просмотров:
481
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
13.04.2015
|
|
O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova vafot etgani haqidagi mish-mishlar tarqala boshlagach, “Darakchi” gazetasi aktrisaga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatga oydinlik kiritdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.

O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova. Foto: Maftun.Com
“Yaratganga shukr, men tirik va sog‘lomman. Biroz tobim qochgan edi, davolandim, balki shuning uchun bunday mish-mishlar tarqalib ketgandir”, − dedi go‘shakni o‘zi ko‘targan aktrisa.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida Qoraqalpog‘istonda To‘ti momo Yusupova 135 yoshida vafot etgan edi. Gazetaning qayd etishicha, anglashilmovchilik tufayli ko‘pchilik qoraqalpog‘istonlik momoni taniqli aktrisa bilan adashtirib yuborgan.
Просмотров:
519
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
13.04.2015
|
| |
| |
 | |  |
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|