Moskvadagi Chistoprudniy xiyobonida “Mosgostrans” tomonidan Rossiya poytaxtida tramvay harakati boshlanishining 116 yilligiga bag‘ishlab parad o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “TJournal.ru”.
Foto: tjournal.ru / Instagram
Paradda turli davrlarga xos 17 ta vagon qatnashdi. Ularning orasida otli tramvaydan tortib eng zamonaviy vagonlargacha bor. Salonlarda tarixiy liboslardagi animatorlar xizmat qilgan. “Tjournal.ru” Instagram’dan parad fotoreportajini taqdim etdi.