Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 7
Гостей: 7
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Апрель » 07
Amerikaning Elio Motors kompaniyasi AQShdagi eng arzon avtomobilni ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Yangi mashinaning qiymati 6,8 ming dollarni tashkil etadi. Foto: korrespondent.net Uch g‘ildirakli avtomobil 55 ot kuchi quvvatiga teng uch silindrli va 0,9 litrli motor bilan jihozlanadi. U 10 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrgacha yetkaza oladi, maksimal tezligi esa soatiga 160 kilometrni tashkil etadi. Foto: korrespondent.net Foto: korrespondent.net Foto: korrespondent.net Bundan tashqari, avtomobilga elektr oyna ko‘targichlar, konditsioner, magnitola va uchta xavfsizlik yostiqlari (haydovchi uchun ikkita va uning orqasidagi yo‘lovchi uchun bitta) o‘rnatilgan.
Просмотров: 416 | Добавил: Admin | Дата: 07.04.2015 | Комментарии (0)

Zarur qo‘shimcha texnik va ishga tushirish-sozlash ishlarining o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UzMobile GSM tarmog‘ining tijoratli foydalanish uchun ishga tushirilishi ilgari e’lon qilingan sana (10-aprel) dan 2015-yil 15-aprel kuniga ko‘chirildi, deb xabar bermoqda “O‘zbektelekom” matbuot xizmati. Foto: gazeta.uz UzMobile GSM tarmog‘iga abonentlarning ulanishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi barcha “O’zbektelekom” AK sotuvlar ofislarida 15-aprel kuni soat 14:00 dan boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilinga ... Читать дальше »
Просмотров: 457 | Добавил: Admin | Дата: 07.04.2015 | Комментарии (0)

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ishdan qaytgan vaqtda — kechasi soat uchda Internetga kirishini aytdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Bu haqda u Jamoatchilik televideniyesi taqdimotida gap ochdi. Foto: korrespondent.net “Shuni ayta olamanki, shaxsan o‘zim axborot muhitiga bog‘liqman. Yatsenyuk menga Facebook’ka kirmaslikni maslahat beradi, biroq men o‘zimni tuta olmayman. Va uyga qaytgach, kechasi soat ikki-uchlarda Internetga kiraman. U yerda yozilgan narsalarni, ayniqsa izohlarni ko‘rib xursand bo‘laman, deb aytolmayman”, — dedi Poroshenko. Prezident o‘zini yangiliklardan yaxshi xabardor kishi deb hisoblashini qo‘shib qo‘ydi.
Просмотров: 446 | Добавил: Admin | Дата: 07.04.2015 | Комментарии (0)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Time jurnali mushtariylar o‘rtasida har yili o‘tkazadigan “Sayyoraning 100 nafar eng nufuzli kishilari” so‘rovining yuqori pog‘onalarida turibdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Foto: “RIA Novosti” Jurnal yozishicha, Putin Rim papasi Fransisk, Barak Obama, Angela Merkel kabi boshqa siyosiy yetakchilarni ortda qoldirgan. Shunga qaramay, yuqori yuztalikning umumiy ro‘yxatida Putin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi pog‘onaga janubiy koreyalik qo‘shiqchi Li Che Rin chiqqan bo‘lsa, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni tegishli ravishda amerikalik qo‘shiqchi Ledi Gaga va britaniyalik aktrisa Emma Uotson band qilib turibdi. Time ta’kidlashicha, ovoz berishda 10-aprelgacha qatnashish ... Читать дальше »
Просмотров: 434 | Добавил: Admin | Дата: 07.04.2015 | Комментарии (0)

Manxetten sudi o‘z eri bilan odatiy aloqa vositalari yordamida bog‘lana olmayotgan ayolga ajrashish to‘g‘risidagi hujjatlarni eriga Facebook orqali jo‘natishga ruxsat berdi, deb xabar qilmoqda “Tjournal.ru”. Sudya Metyu Kuper 26 yoshli Ellanora Beyduga nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi arizani 2011-yildan buyon doimiy yashash joyi bo‘lmaga eri Viktor Sena Blud-Dzrakuga Facebook’da shaxsiy xabar orqali jo‘natishga ruxsat bergan. Endi qizning advokati Endryu Spinnel Ellanoraning akkaunti orqali hujjatlarni uch hafta davomida har yetti kunda yoki erning ilk javobigacha jo‘natib turishi kerak.
Просмотров: 425 | Добавил: Admin | Дата: 07.04.2015 | Комментарии (0)

Taniqli kinorejissor Rustam Sa’diyevning “Sotqin” filmi “videoqaroqchilar” o‘ljasiga aylandi, deya xabar bermoqda “12news.uz”. Nashr yozishicha, Rustam Sa’diyevning o‘zi Facebook’dagi sahifasiga filmning do‘konda sotilayotgan “qaroqchi” nusxasi suratini joylab, unga izoh ham qoldirgan. Unda bu filming “piratskiy” nusxasi ekanligi, lekin lisenziyali varianti boshqacha bo‘lishi aytilgan. “Bizda mualliflik qonunlarining ishlamasligi shunaqa bemalol haromxo‘rlik qilishga olib keladi”, — deya ta’kidladi rejissor.
Просмотров: 486 | Добавил: Admin | Дата: 07.04.2015 | Комментарии (0)

Хитойнинг Чжанчжоу шаҳрида жойлашган, параксилол кимёвий моддаси ишлаб чиқарувчи заводда портлаш юз берди, деб хабар бермоқда CCTV News. Портлаш оқибатида 1 киши жароҳат олди. Параксилол саноатда пластмасса, полиэстер ва плёнка ишлаб чиқаришда ишлатилади. Мутахассисларнинг айтишича, параксилолнинг қисқа муддатли таъсири ҳам яллиғланиш келтириб чиқариши мумкин. Узоқ вақт таъсир қилганда эса марказий асаб тизимини фалажлаб, ўлимга олиб келиши мумкин. CCTV нинг маълумотларига кўра, охирги икки йил ичида иккинчи марта бундай портлаш юз бермоқда.
Просмотров: 458 | Добавил: Admin | Дата: 07.04.2015 | Комментарии (0)

Москвада энг ҳашаматли квартира 30 млн долларга сотилмоқда, деб айтилмоқда IntermarkSavills тадқиқотида. Квартира Москванинг Бутиков тор кўчасида жойлашган. Ҳашаматли квартиралар орасидаги энг арзон уй 2 млн долларга таклиф қилинмоқда. Бунда гап Большой Якиманка кўчасидаги майдони 57 кв метрдан иборат апартаментлар ҳақида кетмоқда. Ҳашаматли квартиралардан учдан бир қисми 15 млн доллардан юқорироқ туради. Бундай квартиралардан 100 та энг қимматбаҳосининг умумий миқдори 1,2 млрд доллар ёки 66 млрд рублга яқинни ташкил қилмоқда.
Просмотров: 490 | Добавил: Admin | Дата: 07.04.2015 | Комментарии (0)

Aвстриянинг Contra Magazin нашрида АҚШнинг халқаро сиёсати жаҳондаги тинчлик учун асосий таҳдид деб баҳоланди. Муаллифнинг фикрича, АҚШни уруш ҳаракатларисиз фақат Россия ва Хитой тўхтатиб қола олади. “Россия ва Хитой АҚШ террорини тугата оладиган ягона давлатлардир”, – деб ёзади журналист Генри Пауль. Унинг фикрича, бу жараён урушсиз ва ядровий зарбаларсиз амалга оширилиши керак. Журналистнинг ёзишича, ҳар бир давлат АҚШга қарам бўлиб қолиш ёки унинг таъсиридан озод бўлиш масаласини мустақил ҳал қилиши керак. Жумладан, Паулнинг фикрига кўра, Германия амалда АҚШга қарам бўлиб қолмоқда. Агарда канцлер Ангела Меркель АҚШ билан дўстлик Европа учун қанчалар катта хавф эканлигини тан олмаса, мамлакат жаҳон миқёсида ўз юзини й ... Читать дальше »
Просмотров: 514 | Добавил: Admin | Дата: 07.04.2015 | Комментарии (0)

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz