Главная » 2015»Апрель»7 » AQShda 6,8 ming dollarlik avtomobil chiqariladi (foto)
20:37
AQShda 6,8 ming dollarlik avtomobil chiqariladi (foto)
Amerikaning Elio Motors kompaniyasi AQShdagi eng arzon avtomobilni ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Yangi mashinaning qiymati 6,8 ming dollarni tashkil etadi.
Foto: korrespondent.net
Uch g‘ildirakli avtomobil 55 ot kuchi quvvatiga teng uch silindrli va 0,9 litrli motor bilan jihozlanadi. U 10 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrgacha yetkaza oladi, maksimal tezligi esa soatiga 160 kilometrni tashkil etadi.
Foto: korrespondent.net
Foto: korrespondent.net
Foto: korrespondent.net
Bundan tashqari, avtomobilga elektr oyna ko‘targichlar, konditsioner, magnitola va uchta xavfsizlik yostiqlari (haydovchi uchun ikkita va uning orqasidagi yo‘lovchi uchun bitta) o‘rnatilgan.