Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Статистика
Онлайн всего: 9 Гостей: 9 Пользователей: 0
|
 |
|
 | |  |
| Главная » 2015 » Апрель » 12
 11 апрель куни Бишкекдаги Оналик в
болаликни муҳофаза қилиш миллий
марказининг туғруқ уйида тўрт эгизак
туғилди, дея хабар бермоқда «UZ24».
Фото: uz24.uz
Маълумотларга кўра, чақалоқларнинг
биринчиси – 2080 грамм, иккинчиси –
2270 г, учинчиси – 1770 г ва тўртинчиси
– 2591 г вазнда туғилган.
Қирғизистон соғлиқни сақлаш
вазирлигининг матбуот хизмати айни
пайтда она ва болаларнинг саломатлиги
яхши ва улар шифокорлар назорати
остида эканлигини маълум қилмоқда.
Қирғизистонлик аёлнинг уч нафар
фарзанди бўлиб, эндиликда у етти
фарзанднинг онасига айлангани
айтилмоқда.
Қайд этилишича, Қирғизистонда сўнгги
23 йил ичида икки марта тўрт эгизаклар
туғилган.
Просмотров:
508
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
12.04.2015
|
|
Rossiya chempionatining 23-turida “Krasnodar” “Kuban”ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi, deb xabar beradi “Uff.uz”.

O‘yinda “Krasnodar” barcha jabhada “Kuban”dan ustunlik qildi. To‘pga egalik qilish – 52 foiz – 48 foiz, aniq to‘p uzatishlar – 487 (80 foiz aniq) – 286 (56 foiz aniq), darvoza tomon yo‘llangan zarbalar – 9 (8 aniq) – 8 (2 aniq).
Vladislav Ignatyev, Pavel Mamayev va Roman Shirokov uch martadan zarba yo‘lladi. Shirokovning har uch zarbasi ham aniq yo‘llandi.
Marat Izmaylov esa eng ko‘p uzatmani amalga oshirdi – 59 ta. Eng aniq to‘p uzatmalari esa Odil Ahmedovga tegishli. Uning 88 foiz to‘p uzatmalari aniq chiqdi.
Просмотров:
471
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
12.04.2015
|
|
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov moliyaviy erkinlik haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.

Ozodbek Nazarbekov. Foto: uznavo.uz
Ijodkor moliyaviy erkinlikning insonni o‘zgartira olish xususiyatiga to‘xtalar ekan, uning yaxshi tomonidan yomoni ko‘proq ekanligini qayd etdi: “Pul har qanday odamni o‘zgartirishga qodir, faqat aqlli insonlargina pulni to‘g‘ri sarflashi mumkin. Pul qancha ko‘paygani sari, muammo va tashvishlar ham shuncha kattalashadi.
Men pulim haddan ziyod ko‘p bo‘lishini xohlamayman. Oilamga yetadigan daromadim bo‘lsa, yetarli, undan oshig‘i oshiq”.
Ozodbek Nazarbekov, shuningdek, odamzod yo‘qchilikdan ham, to‘qchilikdan ham, shon-shuhratdan ham – hamma-ham
...
Читать дальше »
Просмотров:
510
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
12.04.2015
|
|
Boku−London yo‘nalishida reys amalga oshirayotgan British Airways aviakompaniyasining samolyoti Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Baku. Foto: chessdom.ru
Samolyot havoga ko‘tarilishidan 11 daqiqa o‘tib kapitan dvigatellardan biri yonayotgani haqida xabar bergan. Natijada samolyotni aeroportga favqulodda qayta qo‘ndirish haqida qaror qabul qilingan.
Samolyot bortida 92 kishi bo‘lgan, biroq yo‘lovchilarga ham, ekipaj a’zolariga ham hech qanday zarar yetmagan. Samolyot yaqin orada ta’mirdan o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
Просмотров:
441
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
12.04.2015
|
|
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe avgust oxirida bo‘ladigan Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab turnesi davomida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe. Foto: nzembassy.com
Yaponiyaning “Iomiurii simbun” gazetasi xabariga ko‘ra, yapon hukumati rahbari 2006-yildan beri bunday turne uyushtirgan emas.
Qayd etishlaricha, Abe yirik gaz, neft va boshqa tabiiy boyliklarga ega Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.
Bundan tashqari, Yaponiya Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari bilan mintaqadagi narkotrafik va terrorizm muammolarini ham muhokama qiladi.
Tashrif yakunlari bo
...
Читать дальше »
Просмотров:
446
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
12.04.2015
|
|
Rossiya Harbiy-dengiz flotining “Priazovye” kemasi Yamandan 308 kishini, xususan, 8 nafar O‘zbekiston fuqarosini evakuatsiya qildi. Bu haqda, Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general-mayor Igor Konashenkovga asoslanib, 12news.uz xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Adandagi harbiy harakatlar davom etayotgan hududdan 19 mamlakat fuqarolari evakuatsiya qilingan: Rossiya – 45 kishi, AQSH – 18, Buyuk Britaniya – 5, Bolgariya – 1, Estoniya – 6, Ukraina – 14, Belarus – 9, Turkmaniston – 3, O‘zbekiston – 8, Ozarbayjon – 5, Bahrayn – 1, Jibuti – 5, Yaman – 159, Somali – 1, Falastin – 3, Iordaniya – 13, Kuba – 9, Misr – 2, Saudiya Arabistoni – 1.
Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, evakuatsiya qilingan fuqarolarning barchasi Rossiya kemasida xavfdan holi, ularni Jibutiga yetkazishadi.
Ma’lumot uchun, Yamanda O‘zbekistonning o‘z diplomatik vakolatxonasi yo‘q. Bungacha O‘zbekiston fuqarolari Yamandan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi samolyotlarida evakuatsiya qilinayotgani haqida
...
Читать дальше »
Просмотров:
467
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
12.04.2015
|
| |
| |
 | |  |
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|