Главная » 2015»Апрель»12 » Yaponiya bosh vaziri 2006-yildan beri birinchi marta O‘zbekistonga keladi
12:35
Yaponiya bosh vaziri 2006-yildan beri birinchi marta O‘zbekistonga keladi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe avgust oxirida bo‘ladigan Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab turnesi davomida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe. Foto: nzembassy.com
Yaponiyaning “Iomiurii simbun” gazetasi xabariga ko‘ra, yapon hukumati rahbari 2006-yildan beri bunday turne uyushtirgan emas.
Qayd etishlaricha, Abe yirik gaz, neft va boshqa tabiiy boyliklarga ega Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.
Bundan tashqari, Yaponiya Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari bilan mintaqadagi narkotrafik va terrorizm muammolarini ham muhokama qiladi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondagi infratuzilmaviy loyihalarga Yaponiya tomonidan ko‘mak berilishi bilan bog‘liq bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
2006-yili Yaponiyaning o‘sha vaqtdagi bosh vaziri hisoblangan Dzyunitiro Koidzumi Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.