Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 7
Гостей: 7
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Апрель » 06
5-aprel kuni Shanxayning The Paper nashri Samsung kompaniyasi Shanxaydagi tadbirda marka ishqibozlari sifatida qatnashishi uchun bir necha yuz kishini yollagani haqida xabar berdi. Biroq Koreya kompaniyasi rasmiy blogida ushbu ma’lumotni rad etdi, deb yozadi TJournal. The Paper xabariga ko‘ra, Shanxayda Samsung Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge smartfonlari sotuvining boshlanishiga tashrif buyurgan ming kishining 400—500 nafari maxsus yollangan bo‘lgan, ularning har biriga 30 yuandan pul to‘langan. Bundan tashqari, Samsung OAV bilan suhbatlashib, yangi smartfonlarga katta qiziqish bildirayotgani haqida gapirish uchun yana 30 nafar “professional fanatlar”ni yollagan. Ularga esa 50 yuandan haq berilgan. O‘z rasmiy bayonotida Sa ... Читать дальше »
Просмотров: 498 | Добавил: Admin | Дата: 06.04.2015 | Комментарии (0)

Toshkentda xatolik tufayli provayderdan qarzdorlikka kirib qolgan iste’molchiga bir oylik bepul internet taqdim etildi. Bu haqda Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida ma’lum qilingan. $IMAGE2$ Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga murojaat qilgan iste’molchi inspeksiya tomonidan berilgan javob maktubini ilova qilgan. Unda yozilishicha, Buzton internet provayderining mijozi bo‘lgan iste’molchi tarif rejasini o‘zgartirganda avtomatik rejimda Local xizmati yoqilib qolgan, natijada u tomonidan ishlatilgan barcha internet trafigi tashqi ... Читать дальше »
Просмотров: 469 | Добавил: Admin | Дата: 06.04.2015 | Комментарии (0)

Toshkentning Uchtepa tumani hokimiyati qarshisida “Gazel” markasidagi ikkita yo‘nalishli taksi yonib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabar bermoqda. $IMAGE1$ Xabarga ilova qilingan rasmda mashinalardan biri ikkinchisining yo‘lini kesib chiqqanini va har ikkalasining old qismi yonayotganini ko‘rish mumkin. Foydalanuvchilar yozgan izohlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘t o‘chirish xizmati bo‘limi shu yerga juda yaqin joylashgan bo‘lib, tezda yetib kelgan va yong‘inni bartaraf qilgan. Alanga o‘chib, yerlar oq ko‘pikka belangani aks etgan suratni guruh a’zolaridan biri ilova qilgan. O‘sha hudud bilan tanish foydalanuvchilar aynan shu yer 169-marshrutkalarning so‘nggi bekati ekanligini qayd etdi. Izohlarda yong‘inga nima sabab bo‘lgani borasida ko‘plab fikrlar bildirildi. Aksariyat bunda haydovchilar aybdor ekanligini ta’kidlab, barchani ehtiyotkorlikka chaqirdi.
Просмотров: 418 | Добавил: Admin | Дата: 06.04.2015 | Комментарии (0)

O‘tgan hafta ichida Samsung Galaxy S6 smartfonining O‘zbekistondagi chakana narxi 600 ming so‘mga tushib ketdi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Foto: mobinfo.uz Smartfon Toshkentda mart oxirida 3,2 million so‘mdan (32 Gb xotirali versiyasi) sotuvga chiqqan bo‘lsa, 5-aprel kuniga kelib, uni 2,6 million so‘mga xarid qilish mumkin bo‘ldi. Poytaxtdagi “Fleshka” savdo markazi sotuvchilari so‘zlariga ko‘ra, Galaxy S6’ning arzonlashuvi bozordagi takliflar sonining oshishi bilan bog‘liq. Yaqin vaqtlar ichida qurilma narxi yana bir necha yuz ming so‘mga pasayishi mumkin va shundan so‘ng ma’lum bir qiymatda barqaror sotila boshlaydi. Samsung kompaniyasining yangi flagman smartfoni — Galaxy S6 mart oyi boshida Barselonadagi MWC ... Читать дальше »
Просмотров: 643 | Добавил: Admin | Дата: 06.04.2015 | Комментарии (0)

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga 2015—2016-o‘quv yili uchun qabul kvotasi belgilandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Yangi o‘quv yilida bakalavriatda ta’lim olish uchun to‘lov-shartnoma asosida 250 kishi qabul qilinadi, bu o‘tgan yildagidan 75 kishiga ko‘p demakdir. “Mashinasozlik texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha qabul kvotasi 100 dan 150 kishiga, “Axborot texnologiyalari va sanoatda BAT” yo‘nalishida 25 dan 50 kishigacha ko‘paytirildi. “Energetika” va “Sanoat-fuqarolik qurilishi va me’morchilik” mutaxassisliklariga o‘tgan yilgidek 25 kishidan qabul qilinadi. “Mexatronika” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga esa to‘lov-shartnoma asosida 25 nafar talabani qa ... Читать дальше »
Просмотров: 572 | Добавил: Admin | Дата: 06.04.2015 | Комментарии (0)

O‘zbekiston va Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi 6-aprel kuni Toshkentdagi “JAR” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin soat 16:00da boshlanadi, deb xabar bermoqda “Olamsport”. Ushbu terma jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yin 3-aprel kuni Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan va unda Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-20 yoshlari kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edilar. Mazkur o‘yinlar har ikkala terma jamoa uchun ham yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslariga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Qayd etish lozim, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari aynan Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tadi.
Просмотров: 520 | Добавил: Admin | Дата: 06.04.2015 | Комментарии (0)

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz