Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 11
Гостей: 11
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Апрель » 09
Turkiya prokuraturasi Fransiyaning Charlie Hebdo gazetasi karikaturalarini chop etgan Cumhuriyet gazetasining ikki nafar jurnalistiga nisbatan ayblov e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Foto: AP “Gazetada chop etilgan karikaturalar ommaviy tarzda diniy qadriyatlarni oyoqosti qiladi”, − deyiladi prokuratura bayonotida. Ayblov xulosasiga ko‘ra, jurnalistlarni 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish talb qilingan. Qayd etilishicha, Cumhuriyet gazetasi 2015-yil 7-yanvar kuni Parijda bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin Charlie Hebdo gazetasi karikaturalarini qayta chop etgan Turkiyaning beshta nashridan biri bo‘lgan.
Просмотров: 461 | Добавил: Admin | Дата: 09.04.2015 | Комментарии (0)

Buyuk Britaniyada saylovoldi poygasi ayni avjiga chiqqan vaqtda Go Ape ekstremal sarguzashtlar parkiga tashrif buyurgan liberal-demokratlar yetakchisi Nik Klegg Rossiya prezidenti Vladimir Putinga “britancha javob” bo‘ldi, deb yozadi The Guardian nashri. Foto: The Guardian Maqola muallifining qayd etishicha, Rossiya prezidenti bilan qanday ish olib borish kerakligi joriy saylov kampaniyasining eng qaynoq masalalaridan biri, chunki Putin 2015-yilda “britaniyaliklarning bosh salbiy qahramoni”ga aylandi va mamlakatning keyingi bosh vaziri, xohlaydimi-yo‘qmi, Putin bilan ishlashga majbur. “Siz davlat rahbari bo‘la olaman, deb o‘ylayapsizmi? Avvaliga, Putin bilan hisob-kitob qilish uchun yetarli darajada zo‘r ekanligingizni ... Читать дальше »
Просмотров: 550 | Добавил: Admin | Дата: 09.04.2015 | Комментарии (0)

Ilk selfi tayoqchasi smartfonlar va umuman “selfi” atamasining o‘zi paydo bo‘lishidan ancha avval – 1983-yili Yaponiyada kashf etilib, sotuvga chiqarilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Foto: Korrespondent.net Minolta firmasi 1983-yili Minolta Disc-7 fotokamerasini bozorga chiqargan – ekspertlarning fikricha, bu qurilma o‘z davridan ancha ilgarilab ketgandi. Diskli plyonkada ishlaydigan bu fotoapparatdagi aksariyat detallar uni o‘ziga xos qilib ko‘rsatgan, xususan, uning old panelida avtoportretlar olishda maxsus qo‘llaniladigan kichik qabariq ko‘zgusi bor edi. Biroq ilk selfi tayoqchasi hozirgidan farqli – Minolta Extender (“kengaytiruvchi”) deb nomlangan va masofadan turib suratga olish imkonini beradigan zatvor tugmasi bilan bir to‘plamda sotilgan. E’tiborli tomoni, ushbu uskuna 1995-yili nashrdan chiqqan “Yaponlarning 101 befoyda kashfi ... Читать дальше »
Просмотров: 486 | Добавил: Admin | Дата: 09.04.2015 | Комментарии (0)

Eron o‘ziga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar bekor qilinmagunicha o‘z yadroviy dasturi bo‘yicha yakuniy bitimni imzolamaydi. Bu haqda, “TASS”ning xabar berishicha, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qilgan. Hasan Ruhoniy. Foto: TASS “Barcha sanksiyalar o‘sha kunning o‘zidayoq bekor qilinmas ekan, biz hech qanday bitimni imzolamaymiz. Biz yadroviy masala bo‘yicha muzokaralarga jalb etilgan barcha tomonlar uchun o‘zaro manfaatli kelishuv bo‘lishini xohlaymiz”, – deya qayd etdi Ruhoniy. Ayni vaqtda, AQSh sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilishni yoqlab chiqmoqda. “AQSh prezidenti ma’muriyatining sanksiyalarni birinchi kundanoq, boricha bekor qilib yuborish to‘g‘ri emasligiga ishonchi komil”, – dedi Oq uy matbuot k ... Читать дальше »
Просмотров: 469 | Добавил: Admin | Дата: 09.04.2015 | Комментарии (0)

Yo‘ldosh bundan 4,5 milliard yil avval Yerning Mars kattaligidagi sayyora bilan to‘qnashishi natijasida paydo bo‘lgani to‘g‘risidagi nazariya 1970-yillarda o‘ylab topilgan. Gipotezaga ko‘ra, Oy bo‘laklardan shakllangan, bu haqda esa Yer va yo‘ldosh kimyoviy tarkibining o‘xshashligi hamda unda mustahkam yadro deyarli yo‘qligi guvohlik bergan. Biroq yo‘ldosh ma’lum darajada Teyya materiyasidan ham shakllangan bo‘lishi kerak edi, bu ajdod sayyora Yer bilan deyarli bir xil kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Olimlar tomonidan tuzilgan model bunday ehtimolni 20—40 foizgacha oshirdi. Sayyoralarning kimyoviy tarkibi o‘xshash bo‘lganini olimlar ularning har ikkalasi ham Quyoshdan bir xil masofada joylashgani bilan izohladi.
Просмотров: 602 | Добавил: Admin | Дата: 09.04.2015 | Комментарии (0)

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz