Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 11
Гостей: 11
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Апрель » 9 » Ruhoniy: Eron sanksiyalar bekor qilinmagunicha yadroviy masala bo‘yicha bitimni imzolamaydi
14:39
Ruhoniy: Eron sanksiyalar bekor qilinmagunicha yadroviy masala bo‘yicha bitimni imzolamaydi
Eron o‘ziga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar bekor qilinmagunicha o‘z yadroviy dasturi bo‘yicha yakuniy bitimni imzolamaydi. Bu haqda, “TASS”ning xabar berishicha, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qilgan. Hasan Ruhoniy. Foto: TASS “Barcha sanksiyalar o‘sha kunning o‘zidayoq bekor qilinmas ekan, biz hech qanday bitimni imzolamaymiz. Biz yadroviy masala bo‘yicha muzokaralarga jalb etilgan barcha tomonlar uchun o‘zaro manfaatli kelishuv bo‘lishini xohlaymiz”, – deya qayd etdi Ruhoniy. Ayni vaqtda, AQSh sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilishni yoqlab chiqmoqda. “AQSh prezidenti ma’muriyatining sanksiyalarni birinchi kundanoq, boricha bekor qilib yuborish to‘g‘ri emasligiga ishonchi komil”, – dedi Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest. Avvalroq, 2-aprel kuni Shveysariyaning Lozanna shahrida Eron va uning yadroviy dasturi yuzasidan olib borilgan muzokaralarda ishtirok etgan “oltilik” mamlakatlari bir to‘xtamga kelishgani qayd etilgandi. O‘shanda, AQSh ma’muriyati vakili “Eron yadroviy dasturini to‘xtatish bo‘yicha harakatlarni qanchalik tez amalga oshirsa, sanksiyalar ham shunchalik tez bekor bo‘lishini” ta’kidlagandi.
Просмотров: 470 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz