Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 5
Гостей: 5
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Апрель » 01
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi texnik bo‘limi boshlig‘i, OFK komissari Olim Arifov FIFA komissarlari ro‘yxatiga kiritildi, deb xabar bermoqda Uff.uz. Foto: radiohuancavilca.com.es Shu paytgacha OFKga kiruvchi musobaqalarda komissar sifatida ishlab kelgan Olim Arifov endilikda FIFA tasarrufiga kiruvchi musobaqalarda, jumladan, JCh – 2018 saralash bahslarida komissar sifatida ishlaydi. Ta’kidlash joiz, OFK komissari sifatida o‘zbekistonlik mutaxassis o‘z faoliyatini 2011-yilda boshlagan va bungacha OFK tasarrufiga kiruvchi musobaqalarda ishlagan. Jumladan, klublar o‘rtasida OFK Kubogi hamda OChL, shuningdek, terma jamoalar miqyosidagi o‘yinlarda umumiy hisobda 50 ga yaqin uchrashuvda komissarlik qilgan.
Просмотров: 475 | Добавил: Admin | Дата: 01.04.2015 | Комментарии (0)

O‘zbekistonda Samsung’ning eng arzon 4G-smartfoni — Galaxy Ace Style LTE sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Ushbu smartfon Galaxy Ace 4 modelining yangilangan versiyasidir. Foto: mobinfo.uz Samsung Galaxy Ace Style LTE 4,3 dyuymli va 800×480 pikselli Super AMOLED-displey, 1 Gb tezkor va 4 Gb ichki xotira, 5 megapikselli asosiy va 1,3 megapikselli old kamera, 1900 mA/s sig‘imli akkumulyatorga ega. Qurilma Android 4.4 operatsion tizimida ishlaydi. Poytaxtning “Fleshka” savdo majmuasida yangi smartfonni oq yoki qora korpuslarda 720 ming so‘mga xarid qilish mumkin.
Просмотров: 458 | Добавил: Admin | Дата: 01.04.2015 | Комментарии (0)

O‘zbekistonlik taniqli xonanda Shahzoda o‘zining avtohalokat oqibatida halok bo‘lgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarni rad etdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”. Foto: shahzodafanclub.ru O‘zi bilan hammasi joyida ekanligi haqidagi xabarni Shahzoda o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan. Shuningdek, u foydalanuvchilarni ishonchsiz xabarlarni tarqatmaslikka chaqirgan. Foto: uz24.uz Qayd etilishicha, Shahzoda avariyada halok bo‘lgani haqidagi xabar Telegram messenjeri orqali tarqalib ketgan. Xavotirlangan muxlislar xonandagi Instagram orqali yoza boshlagan, shundan keyin Shahzoda ularni tinchlantirgan.
Просмотров: 522 | Добавил: Admin | Дата: 01.04.2015 | Комментарии (0)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva Toshkent shahrida o‘zining shaxsiy restoranini ishga tushirdi. Bu haqda xonanda Aziza Niyozmetova Facebook’dagi sahifasi orqali xabar berdi. $IMAGE1$ Foto: Facebook / Aziza Niyazmetova Qayd etilishicha, “juda go‘zal shaxsiy restoran”ga “Bahor777” deb nom berilgan.
Просмотров: 470 | Добавил: Admin | Дата: 01.04.2015 | Комментарии (0)

Rossiyalik bir qator taniqli shaxslar Ice Kefir Challenge deb nomlangan fleshmobda ishtirok etishni boshladi, deb xabar bermoqda “Tjournal.ru”. Foto: tjournal.ru Fleshmob ishtirokchilari o‘z ustida kefir quyib, buni suratga tushirishi va estafeta topshiriladigan keyingi uch kishining nomini aytishi zarur. Bu bilan tashkilotchilar uch yoshgacha bo‘lgan bolalarga bepul ozuqa taklif etuvchi “Sutli oshxona” ijtimoiy dasturiga e’tibor qaratishni rejalashtirayotgani aytilgan. Hozirgacha aksiyada xonanda Aleksey Vorobyov, komediya artisti Yelena Vorobey, aktrisa Anastasiya Denisova, “StarXit” jurnali vakilalari va balerina Anastasiya Volochkova qatnashgan. Tegishli suratlar ostiga qoldirilgan izohlarda bu 1-aprel hazili ekanli ... Читать дальше »
Просмотров: 478 | Добавил: Admin | Дата: 01.04.2015 | Комментарии (0)

YuKOS bo‘yicha sobiq sheriklar, shu jumladan kompaniya sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyga jami qiymati 2 milliard dollarga teng aktivlar tegishli, deya xabar bermoqda Forbes jurnali. Mixail Xodorkovskiy. Foto: Getty Images Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Xodorkovskiy, shuningdek Platon Lebedev, Vladimir Dubov va Mixail Brudno Gernsi orolidagi Quadrum Atlantic SPC fondiga egalik qiluvchi oltita trast fondlari benefitsiarlari hisoblanadi. Shu bilan birga, fondning o‘zi esa AQSh, Buyuk Britaniya, Vyetnam, Ukraina va Gruziyadagi qator ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan Quadrum Global kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Forbes ta’kidlashicha, Quadrum Global aktivlari YuKOS bo‘yicha sobiq sheriklar o‘rtasida taqsimlansa, ular jurnal tomonidan tuziladigan rossiyalik boylar reytingida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
Просмотров: 558 | Добавил: Admin | Дата: 01.04.2015 | Комментарии (0)

Turkiyaning Istanbul shahridagi Kartal tumanida joylashgan hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining ofisiga ikki nafar qurollangan shaxs bostirib kirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Foto: AP Ikki nafar qurollangan shaxs binoga bostirib kirib, hammadan tashqariga chiqishni talab qilgan. Keyin yettinchi qavatdagi xonalardan biriga kirib, oynalarni sindirgan va qilich surati tushirilgan Turkiya bayrog‘ini osib qo‘ygan. Voqea joyiga politsiyaning ilg‘or bo‘limlari yetib kelgan, hududda yo‘l harakati yopilgan, tez yordam mashinalari navbatchilik qilmoqda. Hozirda bezorilar bino oynalarini sindirib, hukumatga qarshi shiorlarni aytishda davom etmoqda.
Просмотров: 444 | Добавил: Admin | Дата: 01.04.2015 | Комментарии (0)

Antaliya xavfsizlik boshqarmasi “Inqilobiy ozodlik xalq fronti” so‘l radikal guruhining 22 a’zosini hibsga oldi, deya xabar bermoqda “TASS”. Ular 31-mart, seshanba kuni Istanbul prokurorini garovga olishda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Foto: “TASS” Qo‘lga olish uchun jami 23 ta order berilgan bo‘lib, yana bir gumonlanuvchini qidirish davom etmoqda. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, istanbullik prokurorni garovga olganlar “Inqilobiy ozodlik xalq fronti” tarkibida bo‘lgan. Ular teraktni tayyorlash va chegaralarni noqonuniy ravishda kesib o‘tish ayblovlari bo‘yicha bitta turmada jazo muddatini o‘tagan. Avvalroq Turkiya huquq himoyachilari shiddatli hujum uyushtirib, prokurorni garovga olgan terrorchilarni o‘ldirgani x ... Читать дальше »
Просмотров: 507 | Добавил: Admin | Дата: 01.04.2015

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz