Главная » 2015»Апрель»1 » O‘zbekistonlik mutaxassis Olim Arifov FIFA komissarlari ro‘yxatiga kiritildi
19:13
O‘zbekistonlik mutaxassis Olim Arifov FIFA komissarlari ro‘yxatiga kiritildi
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi texnik bo‘limi boshlig‘i, OFK komissari Olim Arifov FIFA komissarlari ro‘yxatiga kiritildi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Foto: radiohuancavilca.com.es
Shu paytgacha OFKga kiruvchi musobaqalarda komissar sifatida ishlab kelgan Olim Arifov endilikda FIFA tasarrufiga kiruvchi musobaqalarda, jumladan, JCh – 2018 saralash bahslarida komissar sifatida ishlaydi.
Ta’kidlash joiz, OFK komissari sifatida o‘zbekistonlik mutaxassis o‘z faoliyatini 2011-yilda boshlagan va bungacha OFK tasarrufiga kiruvchi musobaqalarda ishlagan. Jumladan, klublar o‘rtasida OFK Kubogi hamda OChL, shuningdek, terma jamoalar miqyosidagi o‘yinlarda umumiy hisobda 50 ga yaqin uchrashuvda komissarlik qilgan.