Video joylash va ulashishga mo‘ljallangan dunyodagi eng yirik internet servisi − YouTube o‘zbek tilida ishga tushirildi. Bu haqda Facebook’dagi “Professional va havaskor tarjimonlar” guruhi a’zolari xabar bergan.
Skrinshot: YouTube
Qayd etilishicha, videoxostingning o‘zbek tilidagi versiyasida birmuncha kamchiliklar mavjud. Ular vaqt o‘tishi bilan tuzatilishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google’ning onlayn tarjima xizmati − Google Translate’ga o‘zbek tili qo‘shilgani xabar berilgan edi.