Главная » 2015»Апрель»10 » Istanbuldan uchib ketish arafasida yo‘lovchi layneri dvigateli portlab ketdi
18:14
Istanbuldan uchib ketish arafasida yo‘lovchi layneri dvigateli portlab ketdi
Eronning Qeshm Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus A300 yo‘lovchi samolyoti dvigateli Istanbuldagi Otaturk nomli xalqaro aeroportda portlab ketdi, deya xabar bermoqda Meduza. Samolyotning o‘ng dvigatelida u parvozga shaylanayotganida o‘t chiqdi.
Foto: Meduza
Portlash natijasida samolyot shassisiga zarar yetdi, dvigatelning o‘zi esa yonib ketdi. Uchuvchi laynerni o‘z vaqtida to‘xtatishga ulgurdi. Bortdagilarning hech biriga shikast yetmadi.