Главная » 2015»Апрель»10 » Ucell o‘z mijozlariga “o‘lmadingizmi?” deb savol berdi
17:46
Ucell o‘z mijozlariga “o‘lmadingizmi?” deb savol berdi
Ucell kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlar va boshqa vositalar yordamida o‘z mijozlarini Toshkentdagi JobFair-2015 ko‘rgazmasiga taklif etar ekan, ularga “o‘lmadingizmi?” deb savol berdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.
Kompaniyaning Facebook’dagi sahifasidagi e’longa ilova qilingan fotosuratda o‘zbek lotin yozuvida shunday matn keltirilgan: “Siz hali martaba yuksaklikka yetib o‘lmadingizmi? Bizga qo‘shiling”.
Matndagi birinchi gapda “yuksak martaba” jumlasi xato yozilgan, ayni vaqtda, katta ehtimol bilan, “olmadingizmi” so‘zi “o‘lmadingizmi” deb xato berilgan.
Foto: Facebook / Kabir Yusupov
Xuddi shunday xato bilan yozilgan reklama materiallari JobFair-2015 ko‘rgazmasi tashrifchilariga ham tarqatilgani aytilmoqda.
“Men hozircha tirikman. Ucell o‘lganiga ancha bo‘lgan”, – deb kinoya bilan ushbu holatga munosabat bildirgan Facebook’dagi “Professional va havaskor tarjimonlar guruhi” a’zosi.