Главная » 2015»Апрель»11 » Jahon chempionati−2018 saralashi qur’asida O‘zbekiston birinchi savatda bo‘ladi
14:53
Jahon chempionati−2018 saralashi qur’asida O‘zbekiston birinchi savatda bo‘ladi
Malayziya poytaxti – Kuala-Lumpur shahrida 14-aprel kuni Osiyo qit’asi uchun Jahon Chempionati−2018 ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlanadi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Foto: AFC
Qur’a tashlash jarayonida jamoalarni FIFA reytingida joylashgan o‘rniga ko‘ra savatchalarga bo‘linadi.
Savatlarga bo‘lishda o‘sha vaqtdagi eng so‘nggi FIFA reytingi asos qilib olinadi. Kecha FIFA rasmiy saytida e’lon qilingan reytingga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin oladi.
Demak savatlar quyidagicha ko‘rinish oladi:
1-savatcha: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, BAA, O‘zbekiston, Xitoy, Iroq
2-savatcha: Saudiya Arabistoni, Ummon, Qatar, Iordaniya, Bahrayn, Vetnam, Suriya, Quvayt
3-savatcha: Afg‘oniston, Filippin, Falastin, Maldiv orollari, Tailand, Tojikiston, Livan, Hindiston
4-savatcha: Sharqiy Timor, Qirg‘iziston, KXDR, Myanma, Turkmaniston, Singapur, Indoneziya, Butan
5-savatcha: Malayziya, Gonkong, Bangladesh, Yaman, Guam, Laos, Xitoy Taypey, Kambodja
Guruh g‘oliblari va to‘rtta eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan ikkinchi o‘rin sohiblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Osiyo Kubogi−2019ga hamda JCh−2018 saralash bosqichining hal qiluvchi raundiga yo‘l oladi.