Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 11
Гостей: 11
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Апрель » 11 » Ucell reklamasida yo‘l qo‘yilgan xato uchun uzr so‘radi
18:34
Ucell reklamasida yo‘l qo‘yilgan xato uchun uzr so‘radi
Ucell kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlar va boshqa vositalar yordamida o‘z mijozlarini Toshkentdagi JobFair-2015 ko‘rgazmasiga taklif etish maqsadida joylagan e’lonidagi xatolik uchun uzr so‘radi. Foto: Facebook / Ucell “Matnni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolik uchun sizdan uzr so‘raymiz. Faqatgina ishlamagan odam xatolikka yo‘l qo‘ymaydi!” — deya ta’kidlanadi Ucell’ning Facebook’dagi sahifasiga joylangan yangi xabarda. Kompaniya xatolarini tuzatib turuvchi “e’tiborli, o’zbek tilini biluvchi insonlar” borligidan xursandligini qayd etib, ularga minnatdorlik bildirib qoldi. Ushbu xabarga ilova qilingan suratda esa avvalgi xatoli matnga ishora qilgan holda, “O‘lmasmiz!” deya yozib qo‘yilgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ucell’ning Facebook’dagi sahifasidagi e’longa ilova qilingan fotosuratda o‘zbek lotin yozuvida shunday matn keltirilgan edi: “Siz hali martaba yuksaklikka yetib o‘lmadingizmi? Bizga qo‘shiling”. Foto: Facebook / Ucell Matndagi birinchi gapda “yuksak martaba” jumlasi xato yozilgan, ayni vaqtda, katta ehtimol bilan, “olmadingizmi” so‘zi “o‘lmadingizmi” deb xato berilgan. Xuddi shunday xato bilan yozilgan reklama materiallari JobFair-2015 ko‘rgazmasi tashrifchilariga ham tarqatilgan.
Просмотров: 653 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz