Главная » 2015»Апрель»5 » Xonanda Sevinch Mo‘minova ajrashmaganini alohida ta’kidladi
15:56
Xonanda Sevinch Mo‘minova ajrashmaganini alohida ta’kidladi
Xonanda Sevinch Mo‘minova turmushi bilan bog‘liq gap-so‘zlar tarqalgani xususida to‘xtalib, qayerga borsa, ajrashgani borasida savol berishlarini aytib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi” nashri xabar bermoqda.
Foto: eubt.ru
“Turmush o‘rtog‘im bilan baxtli hayot kechiryapmiz. Qizalog‘im Leylani birga katta qilyapmiz. Turmushning o‘nqir-cho‘nqirlari, yaxshi-yomon kunlarini birgalikda, bir-birimizga suyanib yengib o‘tyapmiz, – dedi ijodkor. – Mehr-muhabbatimiz bilan hamisha bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz.
‘Ajrashdi’ degan gap to‘yimizdan bir necha oy o‘tib tarqagan. ‘Ikki san’atkor bir oila bo‘lib yasholmaydi’ deganlar ham bo‘lgan-da. Balki haligacha birga ekanligimizga ishonishmayotgandir. Bu savolga juda ko‘p javob berdim”.